2 iyul kuni Toshkentda Xalqaro press klubda "O‘zbekiston Respublikasi yangi soliq konsepsiyasi" mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi. Cyessiyada O‘zbekiston bosh vazirning o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Begzod Musayev, Davlat bojxona qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Jasur Aripov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomova, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov spiker sifatida qatnashdilar.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov o‘tgan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tarixiy hujjat — O‘zbekiston yangi soliq konsepsiyasining ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
Soliq konsepiyasining ikkinchi ahamiyati aholi daromadlarini soliqqa tortish, ish haqi jamg‘armasi o‘zgarish bo‘lmoqda. Eng asosiy masala — moliyaga tushadigan aholini legallashtirish.
"Bir raqam keltiraman, bugungi kunda O‘zbekistonda 13 mln kishi mehnatga layoqatli bo‘ladigan bo‘lsa, bizda jismoniy shaxslardan olinadigan soliq to‘lovchilar, ya’ni INN raqami bo‘yicha soliq to‘layotganlar bor yo‘g‘i 4,6 mln kishilar. Endi ikkinchi tomondan, bizda nechta odam pensiya oladi deb so‘rasangiz. Men sizga aytamanki 3,3 mln, demak 4,6 mln odam 3,3 mln pensionerni pensiyasini ta’minlashi kerak. Bu ko‘pmi kami? Ya’ni 1,5 ta ishlovchi, bitta pensionerni boqishi kerak. Bunday ko‘rsatkich Yevropaning eng qarib borayotgan mamlakatlariga xos, bu Italiya, Avstriya deymiz. Bizda yosh millat bo‘lishiga qaramasdan mana shunday ahvol. Demak, shuning uchun muhtaram prezidentimiz qaror qabul qildilarki, ish haqi jamg‘armasida soliqni keskin kamaytirish, shuning hisobiga ish beruvchi va ishlovchining ham mehnatini yashirmasligi, berkirmasligi oldini olish, shunga sharoit yaratish. Buning e’tibor bersangiz, stavkada 12 foiz ishlovchi, 12 foiz ish beruvchi to‘laydi. Bu o‘zicha amerikacha tamoyil, mutaxassislar yaxshi bilishadi. Amerikada ham ish haqi jamg‘armasidan to‘lanadigan soliqlar aytadigan bo‘lsak yoki pensiya sug‘urta to‘lovlari aytadigan bo‘lsak 50-50 to‘lanadi", — deya o‘z fikrini bildirdi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.
Tadbirkorlarni soliqqa tortish tizimi
Bosh vazir Jamshid Qo‘chqorov o‘z nutqida yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi. Bu masala — tadbirkorlarni soliqqa tortish tizimi tartibga keltirish.
"Asosiy soliq to‘lovchilar uchun bir xil sharoit yaratish, hamma teng soliq to‘lashi kerak. Albatta kimgadir soliq yuki oshadi, buni ochiq tan olishimiz kerak. Lekin bu adolatdan. Bu soliq tizimining asosiy tamoyillaridan biri bu — adolat. Bir xil daromad olib, ikki korxona ikki xil soliq to‘lashi mumkin emas. Soliq tizimi odamlar yashash psixologiyasi, filosofiyasidan kelib chiqishi kerak. Demak, odamzod paydo bo‘libti doim adolatga intiladi, shundan kelib chiqib, soliq tizimi adolatli bo‘lishi kerak. Menda katta korxona, 30 mln dollar aktivim bo‘lsada, men kichik korxona deb 199 kishilik odam qilib qo‘yib, keyin hamma farrosh va hokazolarni autsorsinga berib, men o‘zimni maliy korxona deb 5 % to‘lashim kerak. Bu albatta noto‘g‘ri. Bular ko‘proq tulaydi, demak, bugun hozir kimdur ayuxannuz solishi mumkin — bizga soliq to‘lovi oshdi. Ha oshdi, buni ochiq oydin aytishimiz kerak. Lekin 1 yanvardan boshlab nasib bo‘lsa, adolat bo‘ladi. Adolat bo‘ladiki, soliq hamma uchun bir xil, chunki hammamiz baravar maktabdan foydalanamiz, hammamizning xavfsizligi ta’minlanadi. Shu nuqtai nazardan adolat masalasini aytib o‘tsak. Buni ham bir ovozdan aytyapti xalqaro ekspertlar va ichki ekspertlar ham, hattoki ko‘rib turibman, ular shu bugun yagona soliq to‘layapti, lekin ular o‘zlari aytishyapti, buni to‘xtatila — bu adolatdan emas deyishyapti. Bu kishilar o‘zlari adolatga intilyapti. Chunki umuman olganda uzoq istiqbolni oladigan bo‘lsak, ular uchun yangi kiritiladigan tartib maqsadlariga mos keladi", — deya o‘z fikrini bildirdi Jamshid Qo‘chqorov.