Bilasizmi?

Millionlab erkaklarni qirayotgan eng xavfli xastalikni siz bilasizmi?

“Bugun salomatlik haqida gapirganda kasalxonalarning barchasi ruhiy tushkunlik sabab xastalangan odamlar bilan to‘lib-toshganini unutmaslik kerak”, degan edi Deyl Karnegi.

Ingliz tilida “stress” so‘zi bosim, kuchlanish, tanglik ma’nolarini anglatadi va bu organizmning jismoniy yoki ruhiy muvozanatdan chiqaruvchi kuchli tashqi ta’sirga bo‘lgan javobidir.

Rivojlanishi yuqori bo‘lgan davlatlarda tushkun kayfiyatdagi insonlar miqdori ham yuqori bo‘lar ekan. Ayniqsa, ularning aksariyatini erkaklar tashkil etadi. Bu davlatlarda aholining 77 foizi stress simptomidan azoblanadi. Ularning 48 foizi stress hayotlariga salbiy ta’sir o‘tkazishini tan oladi. Tushkunlikdagi odamlarning 54 foizi esa ruhiyatidagi siqilish ularning yaqinlari bilan o‘zaro janjallarni yuzaga kelishiga sababchi ekanini aytishadi.

Stress gipertoniya (qon bosimi yuqoriligi) me’da yarasi kasalligi, qandli diabet, miokard infarkti, bronxial astma, tireotoksikoz, nevroz kabilarning sababchisiga aylanishi mumkin.

Surunkali ruhiy zo‘riqish tufayli tanadagi adrenalin va kortizol miqdori me’yordan ortib ketadi. Kortizol miqdorining uzoq muddatli oshib borishi qandli diabet, yurak xastaligi, yuqori qon bosimi, saraton, me’da-ichak tizimida yaralar, nafas olish yo‘llari kasalliklari, ekzema (temiratki) va psoriaz kabi kasalliklarning ertaroq paydo bo‘lishiga olib keladi. Biroq, stressning eng zararli ta’sirlaridan biri yurak xurujidir. Tadqiqotlarda kuzatilishicha, tajovuzkor, sabrsiz, raqobatchi hamda tajang odamlar ancha ko‘p yurak xurujiga yo‘liqishadi.

Xulosa qilib aytganda, stress insonning tabiiy ichki muvozanatiga behad zarar yetkazadi.

Stress sabablari:

  1. Ish jarayonidagi bosim
  2. Pulsizlik
  3. Salomatlikdagi muammolar
  4. Kim bilandir o‘zaro munosabat
  5. Nosog‘lom ovqatlanish
  6. Internet, ijtimoiy tarmoq, televideniye
  7. Adrenalin yetishmasligi va tushkunlik gormonlari sabab yaxshi uxlay olmaslik

Ruhiy zo‘riqishning belgilari:

 og‘iz burchaklaridagi teri yorilishiga sabab organizmda V6 vitamini yetishmasligini bildiradi. V guruh vitaminlari asab tizimi salomatligi uchun juda muhim bo‘lib, u kayfiyat, emotsional holat, uyqu va tetiklik almashishiga katta ta’sir qiladi.

– Tishlarni g‘ichirlatish surunkali stress oqibati bo‘lishi mumkin. Yana bu holat V5 vitamini yetishmasligi tufayli ham kuzatiladi.

– Tirnoqlardagi oq dog‘lar organizmda rux elementi tanqisligi belgisi bo‘lib, u asab tizimining holatiga katta ta’sir qiladi.

– Bemorda ich ketish va qabziyat almashib turishi esa organizmda magniy yetishmasligidan dalolatdir. Stress paytida bu element ko‘p sarflanadi. Kishi tez asabiylashadi, uning mushaklari, qorni og‘riydi. Uyqusizlik bilan birga bemorda yuqorida ko‘rsatilgan belgilar uchraydi.

– Qo‘l va oyoqlarda katta bo‘rtgan toshmalarning paydo bo‘lishi A va Ye vitamini yetishmasligi sabablidir.

– Ruhiy zo‘riqishda organizm S vitaminini ham ko‘p sarflaydi. Milklar qonashi ushbu vitamin yetishmasligi belgisidir.

– Tomoq va nafas yo‘llarining tez-tez yallig‘lanishi ham asablar tarang bo‘lganda kuzatiladi.

 Stress xotira yo‘qolishiga sabab bo‘ladimi?

Siz stressga tushib qolganingizda tanangiz kortizol deb nomlangan gormonni ishlab chiqaradi. Bu gormonning asosiy vazifasi hayot uchun muhim sanalgan a’zolarga ko‘proq energiya yetkazib berishdir. Bunga sabab ruhiy zo‘riqish paytida tanadagi muhim a’zolarga ortiqcha yuklama tushadi va ularga katta energiya kerak bo‘ladi. Doimiy yoki haddan ortiq bunday holatga tushish miyamizni “o‘chirib qo‘yadi”. Fikrlashga ta’sir qiladi, xotirani susaytiradi va miyamizdagi asab hujayralarini nobud qiladi.

Nima qilish kerak?

  1. Bunday holatda shifokor nazoratidan o‘tish kerak.
  2. Sizni aynan nima shu holatga solayotganini kuzating va iloji bo‘lsa, ulardan butkul xalos bo‘lishga harakat qiling.
  3. Kun davomida dam olishga va hordiq chiqarishga vaqt sarflang.
  4. O‘zingizga yoqadigan biror bir ish bilan mashg‘ul bo‘ling.
  5. Tabiat qo‘ynida sayr ham stressni kamaytiradi.
  6. O‘zingizga yoqqan mashg‘ulotlarga katta e’tibor bering.
  7. Tunda tiniqib uxlash, yoga mashg‘ulotlari yoki oddiy nafas olib chiqarish ham stressning oldini oladi.

Doimo sog‘-salomat bo‘ling!