Bilasizmi?

Migratsiya agentligi Polshaga ilk o‘zbekistonlik ishchilarni jo‘natishni boshladi

2018 yil 12 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan dastlabki to‘rt fuqaro mehnat faoliyatini yuritish uchun Polshaga uchib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

"Ular Andijon viloyati Shahrixon shahridan Ilhomjon Maxmudov, Ulug‘bek Hasanov, Marhamat tumanidan Abdulla Abdurashidov va Toshkent shahridan Rustam Shotullayevlardir", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil noyabridan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Polshaning “JP Construct” va “Arrow” kompaniyalari bilan O‘zbekiston fuqarolarini mehnat faoliyatini yuritish uchun Polshaga yuborishga oid Bitimlar imzolagan edi.

Agentlikning bildirishicha, hozirgi kunda Germaniya, O‘mon, Qozog‘iston va boshqa bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.