1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning me’yoriy qon bosimi simob ustunidan 70 mm.ni tashkil etishi lozim
1 yoshli o‘g‘il bolalarda: 96/66 (yuqorisi/pasti), qizaloqlarda esa 95/65.
10 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi normal qon bosimi: o‘g‘il bolalarda 103/69, qizlarda esa 103/70.
2. 20 yoshli yigitlarda 123/76, qizlarda 116/72.
3. 30 yoshli erkaklarda normal qon bosimi 126/79, ayollarda 120/75.
4. 40 yoshli erkaklarda 129/81, ayollarda 127/80.
5. 50 yoshli erkaklar uchun 135/83 bo‘lgan qon bosimi me’yoriydir. Ayollar uchun esa 137/84.
6. 60 yoshli erkaklarda 142/85, ayollarda 144/85.
7. 70 yoshli erkaklarda 145/82, ayollarda esa 159/85 bo‘lishi me’yoriy holatdir.
8. 80 yoshli erkaklarda 147/82, ayollarda esa 157/83.
9. 90 yoshli erkaklarda 145/78, momolarda esa 150/79 ayni me’yoriy qon bosimidir.
10. Keltirilgan raqamlarning birinchisi buyrak bosimi, ikkinchisi esa yurak bosimidir. Agar qon bosimingiz me’yoridan ko‘tarilib ketsa, tog‘oraga 37-40 darajali issiq suv quyib, oyoqlaringizni solib 20 daqiqa o‘tiring. Agar oyoq tomirlarida varikoz kengayishi bo‘lsa, qo‘l tirsaklarini solish mumkin.
11. Shivit ham qon bosimini tushirishda samarali vositadir. Buning uchun yangi yoki quritilgan shivitning 2 osh qoshig‘ini maydalab, 0,5 litr qaynagan suv solib damlab qo‘ying. 200 mm. gacha bo‘lgan qon bosimida 1-2 choy qoshiqdan, undan yuqori bo‘lganda esa 3-4 qoshiqdan qabul qiling.
12. Qon bosimi me’yordan tushib ketganda lavlagi va qizil sabzini teng miqdorda olib, qirg‘ichdan chiqaring va bir choy qoshiq o‘simlik yog‘idan solib aralashtirib salat tayyorlang. Bunday salatdan har kuni 200 grammdan yesangiz qon bosimingiz me’yorda turadi.
Manba: Darakchi.uz