2018 yilning may oyida iste’mol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,8 foizga ko‘tarildi. Shundan, mahsulotlar narxi oy davomida o‘rtacha 0,4 foizga hamda xizmatlar 2,1 foizga qimmatlashdi, deb yozadi Davlat statistika qo‘mitasi.
Joriy yilning may oyi davomida xizmatlar tarifi narxlarining o‘sish tendensiyasi aprel oyidagi kabi tovarlar narxlarining o‘sishi sur’atidan yuqoriligini saqlab qoldi.
Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 0,2 foizga qimmatlashdi. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ichida narxlarning o‘sishi hamda pasayishi bo‘yicha yetakchilik mos ravishda mevalar (o‘sish sur’ati 4,8%) hamda sabzavotlar (pasayishi 13,6%) guruhiga tegishlidir.
Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan alkagolsiz ichimliklar (0,9%) va tuxum (0,4%) narxlari birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi.
Joriy yilning may oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining o‘sish darajasi birmuncha barqaror sur’atlarda saqlanib qoldi. Oy davomida narxlar o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlashdi. Tamaki mahsulotlari narxi keskin ravishda 5,9 foizga oshdi.
Qo‘mita aniqlik kiritishicha, bunga «UzBat A.O.» QK AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlari narxini oshirishi sababchi bo‘lgan.