Bilasizmi?

Mashhur kinolarda O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar

Yaqinda Fasebook, Tvitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbeklar orasida yangi bir film lavhasi tezda tarqalib shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Unda Gollivud yulduzi Robin Villiamsni o‘zbekchasiga so‘kib ketgan taksichi epizodi ko‘rsatilgandi. "Bruklinning eng badjahl odami" (The Angriyest Man in Brooklin) filmining anashu sahnasi yana qaysi mashhur kinolarda o‘zbekistonliklar yoki O‘zbekistonga aloqador hodisalar ro‘y bergan ekan degan qiziqish uyg‘otdi bizda. Natijada quyidagi kinofilmlarni jamladik:

1. Orlando (1992)   Orlando (1992) on IMDb

  • Rejissyor: Sally Potter
  • Rollarda: Tilda Svinton, Billy Zane va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Virgina Voolf asari asosida ishlangan bu kinofilmning Konstantinopl sahnalari O‘zbekistonning Xiva shahrida suratga olingan.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

 2. Katta o‘lja [Снатч] (2000)  Snatch. (2000) on IMDb

  • Rejissyor: Guy Ritchiye
  • Rollarda: Jason Statham, Brad Pitt, Benisio Del Toro va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Ushbu filmdagi qahramonlardan biri "Ustara Boris" (Boris the Blade)ni  bir vaqtlar O‘zbekiston KGB sining sobiq xodimi bo‘lgan deb ta’riflaydilar.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

 3. Mushuklar kuchuklarga qarshi [Сатс & Догс] (2001)  Cats & Dogs (2001) on IMDb

  • Rejissyor: Lavrense Guterman
  • Rollarda: Jeff Goldblum, Elizabeth Perkins, Alexander Pollosk va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Ushbu filmdagi o‘g‘liga kuchuk olib bergan ota-ona u bilan mehmonxonada o‘ynamaslikni, chunki u yerda O‘zbekistondan keltirilgan qimmatbaho gilam borligini ta’kidlaydilar.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

 4. Josus [И Спй] (2002)  I Spy (2002) on IMDb

  • Rejissyor: Betty Thomas
  • Rollarda: Eddiye Murphy, Oven Vilson, Gary Sole va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Filmning qahramoni, unchalik ham ishi yurushmaydigan Amerikalik maxsus agent Alex Ssott film boshida O‘zbekistonning tog‘li joylarida Amerikalik uchuvchini topib qutqarishga qaratilgan maxsus amaliyotga yuboriladi.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

5. Rekrut [Тҳе Ресруит] (2003)  The Recruit (2003) on IMDb

  • Rejissyor: Roger Donaldson
  • Rollarda: Al Pasino, Sollin Farrell, Gabriyel Macht va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Bosh qahramon, Markaziy Razvedka agenti Valter (Al Pasino) shogirdi James (Sollin Farrell) bilan suhbat qilayotganida James bolaligini boshqa davlatlar qatori O‘zbekistonda ham o‘tkazganligini ta’kidlab o‘tadi.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

6. Qo‘riqchi - Umar Xayyom afsonasi [Тҳе Кеепер - Легенд оф Омар Кҳайям] (2005)  The Keeper: The Legend of Omar Khayyam (2005) on IMDb

  • Rejissyor: Kayvan Mashayekh
  • Rollarda: Moritz Bleibtreu, Vanessa Redgrave, Adam Echahly va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Umar Xayyom hayoti haqidagi mazkur filmning asosiy qismi Samarqand va Buxoro shaharlarida suratga olingan.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

7. Bobil B..E. [Бабйлон А.Д.] (2005)  Babylon A.D. (2008) on IMDb

  • Rejissyor: Mathiyeu Kassovitz
  • Rollarda: Vin Diyesel, Michelle Yeoh va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Filmning qahramonlaridan biri Finn bosh qahramon Toorop bilan suhbatlashayotganida ikki yil avval O‘zbekistonda biologik qurol ishlatilganiga guvoh bo‘lgani haqida gapiradi.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

8. Fors Shahzodasi [Принсе оф Персиа] (2010)  Prince of Persia: The Sands of Time (2010) on IMDb

  • Rejissyor: Mike Nevell
  • Rollarda: Jake Gyllenhaal, Ben Kingsley va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Filmning bosh qaxhramoni Doston Eron hukmdori tomonidan Nasaf (hozirgi Qarshi)dan boqib olingan bo‘ladi.

Yana Doston bilan Shayx Umar gaplashayotganda Shayx umar skeletlarni Buxorodan sotib olganini aytadi.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

9. Qora Rittser - Afsonaning yuksalishi [Тҳе Дарк Книгҳт Рисес] (2012)  The Dark Knight Rises (2012) on IMDb

  • Rejissyor: Christopher Nolan
  • Rollarda: Christian Bale, Gary Oldman, Tom Hardy va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Stadionda o‘ldirilgan doktor Pavel Markaziy Razvedka agentlari tomonidan O‘zbekistonda o‘ldirilgani aytiladi. Undan tashqari filmning qamoqxona sahnalari O‘zbekistonda olingan..[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

10. Anna Karenina (2012)    Anna Karenina (2012) on IMDb

  • Rejissyor: Joye Vright
  • Rollarda: Keira Knightley, Jude Lav, Aaron Taylor-Johnson va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Bosh qahramon Anna xushtori Voronskiy bilan suhbatlashayotganida Vorontskiy Toshkentga ketishdan bosh tortganini aytib o‘tadi.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе]

11. Bruklinning eng badjahl odami [Тҳе ангриест ман ин Брооклйн] (2014)  The Angriest Man in Brooklyn (2014) on IMDb

  • Rejissyor: Phil Alden Robinson
  • Rollarda: Robin Villiams, Mila Kunis, Daniyel Raymont va boshqalar

[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот:"]Bosh qahramon Henryning (Robin Villiams) moshinasini turtib yuborgan taksichi O‘zbekistonlik Ulug‘bek (Daniyel Raymont) bo‘lib chiqadi. Henry bilan biroz tortishgandan keyin Ulug‘bek taksisiga o‘tirib uni o‘zbekchasiga haqoratlab ketadi.[/мессаге]

[сепаратор] [спасе] Agar bu maqolamizda sanab o‘tilmagan, lekin siz biladigan yana boshqa kinolar bo‘lsa bizga bildiring, Albatta bu ro‘yxatni imkon qadar to‘ldirib borishga harakat qilamiz.