Bilasizmi?

Majburiy ijro byurosi tomonidan qancha miqdorda pul undirilgani haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2018 yilning birinchi yarimyilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish va kuchaytirish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Byuroga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida elektr va tabiiy gaz hisobga olish uskunalaridagi ko‘rsatkichlarni ko‘rikdan o‘tkazish va elektron kuzatish imkonini beruvchi «Inspektorlar faoliyatini nazorat va tahlil qilish» dasturining veb va mobil (android) ilovalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi;

— davlat inspektorlarining kunlik ko‘rik (obxod) yo‘nalishini GPS xizmati orqali haritada belgilash, kuzatish va tizimning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ob’yektlarni ko‘rsatish kabi qulayliklar yaratildi;

— xatlangan mol-mulklarni elektron onlayn auksionlarda realizatsiya qilish uchun «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasini yaratilib, onlayn-auksionlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi (Ma’lumot uchun 01.07.2018 y. holatida 78,3 mlrd. so‘mga baholangan 1052 ta mol-mulk 89,4 mlrd. so‘mga (11,1 mlrd. so‘mga qimmat) sotildi);

— Byuro huzuridagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUKda elektron raqamli imzolarni ro‘yxatdan o‘tkazish markazi tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;

— sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonini to‘liq avtomatlashtirilgan tartibda nazorat olib borishini ta’minlaydigan"MIB Ijro" dasturi ishlab chiqildi.

Energiya resurlari uchun to‘lovlarni undirish maqsadida:

— 1 trln. 119,1 mlrd. so‘m qarzi bo‘lgan 113 539 ta yuridik shaxsning bankdagi hisob raqamiga inkasso topshiriqnomalari qo‘yildi, sudlarga 37 522 ta da’vo arizalari kiritildi, 7408 ta majburiy ko‘rsatmalar va jamoat ta’sir choralarini ko‘rish haqida 7742 ta taqdimnomalar kiritildi;

— hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan va tarmoqqa noqonuniy ulangan 149 812 nafar iste’molchilar, shu jumladan 14 403 ta yuridik shaxslar elektr va gaz tarmoqlaridan uzildi.

Energiya resurslari uchun to‘lovni undirish yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida 8 trln. 771 mlrd. so‘m (o‘sish 48%) undirildi.