Bilasizmi?

Mahatma Gandidan ibratli 5 fazilat

  “Bugun biz tashlayotgan qadam kelajakning ibtidosidir”.

                                                                                         Mahatma Gandi

  1. O‘zgarmoqlik

“Sen dunyoni qanday ko‘rishni xohlasang, shunga ko‘ra, avvalo o‘zing o‘zgar”.

  1. Savolni to‘g‘ri bermoqlik

“Savolning kuchi shundaki, u inson kamolotining negizidir”.

  1. Muntazam harakatda bo‘lmoqlik

“Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu – qiziquvchanlikdir. Natijani yoki o‘z imkoniyatimizni bilishga bo‘lgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin”.

  1. Kechirimli bo‘lish

“Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi”.    

  1. E’tiqodni mustahkamlamoqlik

“Sizning e’tiqodingiz – sizdagi o‘y-xayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap – kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu so‘zlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-qimmatimiz odatlarimizga ko‘ra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi”.