Bilasizmi?

Kuchingizni qaysi girdoblar yutyapti?

Sharq tabobatida nafaqat jismoniy, balki, ruhiy salomatlikka katta e’tibor qaratiladi. Aynan ruhiyatimizdagi noqisliklar ko‘plab kasallikning ildizidir.

Siz ruhiyatingizdagi bu kasallik bilan birga yashaysiz, ular esa tanangizdagi parazit singari quvvatingizni so‘radi.

Keling, tuganmas energiyangiz yutilib ketayotgan 10 yo‘nalishni ko‘rib chiqamiz.

  1. Oxiriga yetkazilmagan yumushlar

Qachonki, bir ishni zimmangizga olib, tugatmasangiz, faqat tanangiz emas, ruhiyatingiz ham orom olmaydi. Kompyuterning yopilmagan dasturi singari tegishli vazifa idrokda qotganicha turadi. Bu ishni bajarmayotgan vaqtingizda ham quvvatingizni yemiradi.

Bunga nimalar kiradi? Va’da berib bajarmaslik, ishni boshlagan ko‘yi tashlab ketish, imkonidan ortiq ishga bel bog‘lash.

  1. Boshqalarni va o‘zini aldash

Kishi yolg‘on gapirar ekan, shu to‘qimani o‘ylab topish va boshqalarni ishontirish uchun salmoqli energiya sarflaydi. Quvvat markazlaridan oqayotgan kuch qiyshayadi.

Qaysi odatlarga barham berish lozim? Ikkiyuzlamachilik, o‘z-o‘zini aldash, el ko‘ziga turlanish.

  1. Alamzadalik, odamovilik, jamoatdan o‘zini tortish

Inson ochiq energetik tizimdir. Agar uni chegaralab qo‘yilsa, u kuchsizlanadi. Shaharni, bandargohni yoki mamlakatning atrofini o‘rab qo‘yilganini tasavvur qiling. Biror ob’yektni moddiy, iqtisodiy, boringki, axboriy jihatdan cheklab qo‘ying – u barbodlikka mahkum bo‘ladi.

Qachon bu hol yuz beradi? Yaqinlaringiz bilan aloqani to‘xtatsangiz, oyog‘ingiz yerdan uzilsa. Odamlardan ranjisangiz, hayotdan ko‘nglingiz qolsa. Kishi biror jamoatga qo‘shila olmasa. O‘z madaniy mansubligini yo‘qotsa.

  1. Qo‘rquv, ishonchsizlik, behuda adovat

Qo‘rquv va va ishonchsizlik xuddi dilsiyohlikday ta’sir qiladi. Chunki tanamiz resurslari doimiy zo‘riqishda, “urushga tayyor” holatda bo‘ladi. Bu esa sillamizni quritadi

  1. Jismoniy, hissiy yoki informatsion zo‘riqish. Kamharakatlik va tabiatdan uzilib qolish

Inson ishga vujudi bilan sho‘ng‘isa, bor kuchini sarflab qo‘yish ehtimoli bor. Miya ma’lumotni qayta ishlashga toliqadi, buyrak usti bezlari ishlab chiqargan gormon ortiqcha sarflanadi, oqibatda buyrak yetishmovchiligiga olib keladi.

  1. Tartibsiz va kam uxlash

Pala-partish uxlagan kishining tanasi yetarli orom ololmaydi. Oqibatda yangidan kuch to‘plolmay, bioritm buziladi, miya axborotni o‘zlashtirolmaydi.

  1. Ko‘p ovqatlanish, ichkilik, sigaret, giyohvand moddalarga o‘rganish

Bu holatda tanamiz toksinlarni zararsizlantirish va chiqarib tashlashga bor resursini sarflaydi. Asab tizimi, buyrak va ichaklar zo‘riqib ishlaydi.

  1. Ortiqcha suhbatlar, o‘zi bilan o‘zi ichida gaplashish, behalovatlik

Arzimas tuyulishi mumkin, ammo gap behuda oqayotgan ulkan energiya daryosi haqida ketyapti. Befoyda suhbatlarga chek qo‘ysangiz, “daryo”ning asl “o‘zaniga qaytishi”ga o‘zingiz amin bo‘lasiz.

  1. Kasallik, dardi bedavo, zararli shart-sharoit, parazitlar va quvvatso‘rarlar (energetik vampir)

Bu safga chirkin, yoqimsiz va zararkunanda odamlar; turli xronik kasalliklar; geopatogen, sanoat ifloslantirgan  zonalar kiradi.

  1. Quvvatimizni eng ko‘p so‘ruvchi kanal – ortiqcha jinsiy faollikdir

Jinsiy madaniyatning yetishmasligi, pala-partish aloqada bo‘lish, o‘z-o‘zini qoniqtirish insonning eng asosiy jinsiy quvvatini yemiradi. Jinsiy quvvatni bekordan-bekorga sarflamang.

fit4brain.com sayti asosida tayyorlandi