Forbes o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra "Real" forvardi Krishtianu Ronalduni dunyoning eng ko‘p pul topadigan futbolchisi sifatida e’lon qildi: Klubdagi shartnoma va turli bonuslar unga 52 mln. yevrodan ko‘proq mablag‘ olib keldi, qo‘shimcha tijorat bitimlari esa - yana 30 mln. yevro. Bu jahonning eng mashhur basketbolchisi LeBron Jeyms natijasidan 10 mln. yevroga ko‘p. Ayni damda Ronalduning biznesi kengayishda davom etmoqda.
Reklama shartnomalari
Krishtianuning hamkorlari orasida Nike ajralib turadi: Ekipirovka ishlab chiqaruvchi kompaniya Ronaldu 18 yoshga to‘lganida portugaliyalikning birinchi shaxsiy hamkori bo‘lgan. Tomonlar hamkorlikdan shunchalik mamnunki, xatto Ronaldu Nike bilan bir umrlik shartnoma tuzdi - yiliga 22,5 mln. yevro. Bu yo‘l bilan Krishtianu millard dollardan ortiq mablag‘ ishlashi mumkin.
Ronaldu Nike bilan bir umrlik shartnoma tuzgan uchinchi insonga aylandi - bungacha Maykl Jordan va LeBron Jeyms bu muvaffaqiyatga erishgan. Krishtianu internetda mashhur bo‘lgani tufayli Amerika giganti u bilan hamkorlik qiladi: homiylik shartnomalarining auditiga moslashgan Hookit platformasi Ronalduning Nike nomi yodga olingan ijtimoiy tarmoqlardagi 347 ta reklamasini 469 mln. yevroga baholagan. Oddiy misol: Yevro-2016da Portugaliya g‘alabasidan so‘ng Ronaldu "Instagram"ga joylagan surat (1,75 mln. layk, 13 ming izoh) 5,5 mln. yevrga baholandi.
Ronaldu sport sohasida internetda raqibi yo‘q yetakchi: "Feysbuk"dagi o‘quvchilari 120,5 mln., "Instagram"da 96,3 mln. o‘quvchi uni kuzatadi, "Tvitter"da esa - 51,1 mln. Portugaliyalik 2016 yilda o‘quvchilari sonini 65 mln. kishiga oshirdi.
Ronalduning boshqa homiylari bilan munosabatlar uzoq davom etmadi. 2009 yilda u Devid Bekxem o‘rniga ARMANI yuziga aylandi - bu yiliga 1 mln. yevro olib keladi, shartnoma muddati 2019 yilda tugaydi. Portugaliyalik o‘sha vaqtdan beri motor moyi ishlab chiqaruvchi Castrol bilan hamkorlik qiladi - avvaliga gonorar yiliga 2 mln. yevro edi, ammo vaqt o‘tishi bilan daromad 6 mln.ga yetdi.
Ronaldu mana uchinchi yil Tag Heuer brendini reklama qiladi. Hozirgacha kelishuvning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti, ammo Krishtianu bu hamkorlikka o‘zi qiziqish bildirgani aniq, chunki u sifatli soatlari juda yaxshi ko‘radi: Uning uyida 50 ta turli modeldagi soatlar mavjud. 2014 yilda u "Real"ning barcha futbolchi va xodimlariga narxi 8 ming yevro bo‘lgan soatlar sovg‘a qildi.
Ammo Ronalduning hamma shartnomalari ham mamnuniyat bilan qabul qilinmaydi. 2013 yilda u fastfud tarmog‘i KFCni reklama qila boshladi: Bu homiy uchun foydali kelishuv bo‘ldi, brendning nomi mashhurlikka erishdi va savdo hajmi oshdi. Ronaldu imij huquqi uchun yiliga 2 mln. yevro olardi, ammo uning hamma muxlislari ham to‘g‘ri ovqatlanish muxlisi bo‘lgan futbolchi noma’lum qo‘shimchalar solib fastfud sotuvchi brendni reklama qilishiga tushunmagan. Aynan shu sabab tufayli shartnoma uzaytirilmadi.
Ronalduning boshqa hamkorlari orasida quyidagi brendlar bor - Clear shampuni, Emirates aviakompaniyasi, Herbalife qo‘shimchalari, Soccerade ichimliklari (yillik daromad 3-4 mln. yevroni tashkil qiladi).
Mobil ilova va muzey
Biznesni rivojlantirish uchun yangi bozorlarga chiqish va yangi auditoriyani egallash kerak. Bu borada 2016 yil Ronaldu uchun omadli keldi: U "Real" va Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropaning muhim turnirlarida g‘olib bo‘ldi va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi.
Ronaldu Osiyo bozorini zabt etish uchun "Valensiya" egasi Piter Limga tegishli bo‘lgan, "Mint Media" kompaniyasiga o‘z obrazini ishlatish huquqining 60%ni pulladi. Qolgan 40% "Real"ga tegishli. O‘tgan yilning mart oyida bu katta bo‘lmagan mojaro keltirib chiqardi: Shartnoma bo‘yicha Ronaldu 1 mln. yevro evaziga Turkiyaga kelib, mahalliy operatorning yangi mobil internet texnologiyasi taqdimotida ishtirok etishi kerak edi. Portugaliyalikka klubda dam olish imkoni berildi, ammo uyida qoldi - faqat Ronaldu labaratoriyada yasalgan kiborg sifatida taqdim etilgan reklama roligi bilan cheklanishga to‘g‘ri keldi. Tomosha qiling:
Imperiya qurilishining bir qismi PR-rivojlantirish bo‘ldi. Masalan, Krishtianu hayoti haqida suratga olingan film qo‘shimcha daromad keltirdi: Filmda Clear reklama qilib ketilgan.
Ronaldu raqamli davrga ham e’tibor bermoqda - masalan, Yevro-2016 paytida barcha internet-do‘konlarda Ronaldo Kick’n’Run o‘yini paydo bo‘ldi.
Ronalduning asosiy PR-loyihasi 2013 yil Madeyrada ochilgan muzey bo‘ldi. 400 kv. metr joyni egallagan muzeyda futbolchi haqida hamma narsani bilib olishingiz mumkin - "Sporting"dagi ilk kuboklaridan tortib to to‘rtta "Oltin to‘pi"gacha. 2017 yil mart oyining oxirida Krishtianu yana olg‘a qadam tashladi: Endi Madeyraning asosiy aeroportiga uning nomi berildi.
Mehmonxona va trenajer zallar
Oldinroq Krishtianu Portugaliyaning eng yirik mehmonxonalar tarmog‘i Pestana Hotels hamkoriga aylangan edi: CR7 brendi ostida Madrid, Madeyra, Lissabon va Nyu-Yorkda to‘rtta yirik mehmonxonalar ishlaydi. Loyihaning umumiy narxi 75 mln. yevroga baholanmoqda va Ronaldu bu yerda faqat brend elchisi emas, balki to‘laqonli investor sifatida ishtirok etadi: U kerakli bo‘lgan mablag‘ning yarmini ajratdi (37 mln. yevro) va loyiha aksiyalarining 50 foizini qo‘lga kiritdi.
"Bu hayotimdagi eng yirik biznes-loyiha. Asosiy maqsad - oilamning kelajagini ta’minlash" - deydi Ronaldu.
Madeyra va Lissabondagi birinchi ikki mehmonxona tayyor. Madeyradagi mehmonxona yo‘lagi futbol maydoni uslubida ishlangan, fayeda gol nishonlanayotgan suratlar mavjud. 48 ta nomerning har birida Ronalduning rasmi o‘rnatilgan. Lissabonda bunday emas, ammo trenajer zali Ronaldu uslubidagi mashg‘ulotlarni taklif etadi.
"Bu mehmonxonalar men uchun alohida ahamiyatga ega. Madeyrada turizm o‘n yillikning asosiy daromadiga aylandi, turizim biznesi Portugaliya iqtisodiga sezilarli xissa qo‘shmoqda. Bu biznesga qiziqishim bor" - deydi Ronaldu.
2017 yilning boshida Madridda CR7 brendi ostida Crunch Fitness trenajer zali ochildi. Amerika tarmog‘i Yevropaning eng mashhur insoni yordamida qit’a bozorini egallashni umid qilmoqda. Bu sarflangan katta pullarning daromadi tezroq qaytishiga yordam beradi: Har bir klub ochilishiga bir mln. yevrodan ko‘proq mablag‘ ketmoqda. Ronaldu bilan hamkorlikda 2017 yil yana ikkita trenajer zallari ochiladi.
2012 yilda Ronaldu Mobitto ilovasiga investitsiya kiritgan. Uning yordamida siz yaqin oradagi do‘konlardan optimal narxdagi mahsulotlarni topishingiz mumkin.
Soliqlar bilan muammolar
Ko‘plab muvaffaqiyatli biznesmenlar singari, Ronaldu ham soliq to‘lamaslik aybi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, 2014 yilgacha sportchilar Ispaniyada daromadlarining 24,7 foizini davlat g‘aznasiga to‘lashgan. Ammo keyin yangi qonun imzolandi va soliq 43% ga yetdi.
Agar Football Leaks loyihasining anonim xakerlari taqdim etgan hujjatlarga ishonadigan bo‘lsak, agent Jorje Mendesh Ronaldu uchun foydaning katta qismini saqlab qolish sxemasini yaratgan: Barcha reklama shartnomalari daromad solig‘i 12,5% bo‘lgan Irlandiyadagi "dallolar" orqali tuzilgan. Bu Krishtianuga 75 mln. yevroni saqlab qolishga imkon bergan.
Ronaldu nafaqat ayblovlarni rad etmoqda va xafa ham bo‘lyapti: "Qamoqlarda gunohsizlar ko‘p va men ham o‘zimni ularning biri sifatida his qilyapman. Yomon ish qilmaganimni bilaman, meni esa jinoyatda ayblashmoqda. Bunaqasi hech kimga yoqmaydi".
Krishtianu jahonning eng boy sportchisiga aylanib bo‘ldi, ammo sayyoramizning eng mashhur insonlari orasida to‘rtinchi. Imperiya o‘sishi uchun sabab bor.