Bilasizmi?

Kiyinishning erkakcha uslubiga xos 10 qoida

  1. Kiyimning jussaga mos kelishi

Kiyimning tanaga muvofiqligi muhim jihat. Bunga doimo e’tiborli bo‘ling. Kiyim sizning jussangizga mos kelsin. Kiyimning kattasi vaznni bekitmaydi, qaytaga tanani yirik ko‘rsatadi. U juda tor bo‘sa ham xunuk ko‘rinadi. Tanlangan kiyimning eng pastki tugmasi o‘tirganingizda tarang tortilib qolsa, juda kichkina kiyim tanlagan bo‘lasiz. Shuningdek, kiyim yelkasi yelkangizda osilib turmasin.

  1. Kamar & tufli uyg‘unligi

Bu ikki elementning rangi bir-biriga albatta mos tushishi kerak. Ular misoli uyning gilam va pardasidek gap. Modomiki, tufli jigar rangda ekan kamar ham shunday bo‘lsin. Shippak bilan esa remen taqa ko‘rmang.

  1. Shim va tuflining tusi ham muhim

Jigar tuflini qora shim bilan kiyishga oshiqmang. Bu an’anaviy uslubga nomunosib. Tufli shimning rangiga muvofiq yoki unda bir oz to‘qroq bo‘lishi kerak.

  1. Shimning belga muvofiqligi

Bobo Simpson kabi shimni kindikkacha tortib kiymang. Unda bu ishtonga o‘xshab qoladi. Shim kindikdan 5-7.5 sm pastroqda turishi kerak.

  1. Tugmalar ham ko‘p narsa haqida so‘zlaydi

Ikki tugmali kostyum kiysangiz, uning yuqori tugmasini o‘tkazing. Pastki tugma o‘tkazilmaydi. Uch tugmali kostyumda esa yuqoridagi ikki tugmani qadab, eng pastkisini ochiq qoldiring.

  1. Tugmali yoqasi bor ko‘ylak haqida fakt

Yoqasini tugma bilan qadash mumkin bo‘lgan ko‘ylakni kostyum bilan kiyishdan tiyiling. Bu kabi ko‘ylaklarni inglizlar xokkeyga o‘xshash polo o‘yinini o‘ynaganda yoqa yordamida yuzlarini himoya qilish uchun o‘ynaganlar. Yoqali ko‘ylaklar sport uslubiga mansub bo‘lib, ularni shu uslubga xos jaketlar bilan kiygan ma’qul.

  1. Ko‘ylak va kostyum yengi 

Ko‘ylakning yengi kostyumdan tashqariga taxminan 1.25 sm chiqib turishi kerak bo‘ladi.

  1. Paypoq tanlash qoidasi

Bugun kostyum-shimda ham ko‘chaga paypoqsiz chiqqan janoblarni ko‘rish odatiy holga aylandi. Agar bunga toqatingiz yetmasa, shimning rangiga mos keluvchi noski tanlang. Lekin qora rangli paypoq barcha turdagi shimlarga muvofiq keladi. Oq paypoqlarni esa asosan sport kiyimlari bilan kiygan ma’qul.

  1. Bo‘yinbog‘ taqish qoidasi

Bo‘yinbog‘ bog‘lashni o‘rganib oling. Bo‘yinbog‘ kamarning to‘qasi (halqasi)ning markaziga tegib tursin. Yengi kalta ko‘ylak bilan galstuk taqishga odatlanmang. Agar ko‘ylakning yuqori tugmasini bo‘shatmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi bo‘yinbog‘ni ham yechib qo‘ying.

  1. Qo‘l soati – erkakning an’anaviy ko‘rki

To‘g‘ri, bugun xohlagan qurilma bizga vaqt haqida ma’lumot berishi mumkin. Ammo ularning hech biri bilakka soatchalik chiroyli o‘tirmaydi. Yaxshi soat erkakcha uslubning an’anaviy elementi. Har bir erkakda hech bo‘lmasa bir dona qo‘l soati bo‘lishi kerak.