Salomatlik

Kishi holsizligiga turtki beruvchi sabablar

Odatda kunduzgi ish paytida holsizlikka dam olish kunlarini noto‘g‘ri tashkil etish, yarim tungacha davom etadigan to‘y yohud biron yig‘inda ishtirok etish olib kelishi mumkin. Shuningdek,kuch-quvvatning pasayishiga kun davomida ko‘p mehnat qilish va inson ruxiyatiga nomaqbul muhitda faoliyat olib borish ham turtki beradi. Ammo bulardan tashqari kishi faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar ham bor ekan. 1. To‘yib uxlamaslik Uxlash faqat dam olish degani emas. Kechqurun siz uyquga ketganingizda tanangizda turli modda almashinuvlar jarayoni kechadi. Shulardan biri bu inson o‘sish garmonidir. O‘sish garmoni gipofiz (miya ostidagi, o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki sekretsiya bezi) tomonidan ishlab chiqariluvchi protein bo‘lib, inson mushaklarini sog‘lom va suyaklarning baquvvat bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. U tanamizning yog‘ to‘plashiga (asosan qorin atrofi sohasida)ta’sir ko‘rsatib, foydali va zarali xolesterin mutanosibligini saqlashda yordam beradi. Bundan tashqari u normal miya faoliyati uchun ham juda muhim hisoblanadi. Ushbu foydali proteinni ishlab chiqilishiga 7 yarim, 8 soatlik kechki uyqu talab etiladi. Yetarli uyqu vaznni saqlanishiga va charchagan mushaklarning dam olishiga hamda sizning quvvatingizni oshishiga yordam beradi. 2. Nosog‘lom taomni ko‘p miqdorda iste’mol qilish Biz shakar tez quvvatimizni oshiradi deb o‘ylaymiz. Ammo shakar keyinchalik aks ta’sir etar ekan. Umuman olganda tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlar sizni lanj bo‘lishga olib keladi. Jahon olimlari tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki tez tayyorlanadigan fast fudlar ham sizni biologik passivlik holatiga tushiradi. Shuning uchun kunlik ovqatlanish tartibiga rioya qiling. Kunlik ratsioninggizda vitamin va oqsillarga boy,yengil hazm bo‘ladigan taomlarni ko‘proq iste’mol qiling. 3. Kam suv ichish Ko‘pchilik charchoqqa suvsizlik ham sabab bo‘lishini bilishmaydi. Bir stakan suv siz uchun kerakli bo‘lgan quvvatga turtki bo‘lishi mumkin. Kun davomida tomoqni namligini saqlab turishga yetadigan miqdordagi suv istemol qilib turing. 4. Kam jismoniy harakat Harakatsizlik tanamizdagi qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va miya faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalarning miyaga yetib borishi susayadi. Natijada bo‘sh og‘rig‘i, lanjlik paydo bo‘ladi. Buning oldini olish uchun yengil jismoniy mashqlarni bajarish yoki oddiygina ko‘proq piyoda yurish tavsiya etiladi. 5. Ortiqcha hissiyotlar Odatda o‘ta mas’uliyatli va hamma narsa uchun qayg‘uraveradigan kishilar ham ko‘p energiya sarflashadi. Siz hamma narsani a’lo darajada bajarishga harakat qilasiz. Bu vaqtda hamkasblaringiz ishga shunchaki kundalik yumush sifatida qarashadi. Siz esa hammasi yaxshi bo‘ldimi deya, qayta va qayta o‘z topshirig‘ingizni takomillashtirasiz. Bu ikki barobar ko‘proq quvvatni talab etadi. Olimlar bunday odamlarda stress xolati tez namoyon bo‘ladi degan xulosani berishadi. Bu yerda faqat bitta tavsiya berish mumkin: Oldingizga erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘ymang! 6. Ko‘p qaxva ichish Kofein nerv tizimini faollashtiruvchi vositalardan sanalar ekan. Kofein sabab adrenalin va kortezol garmonlari ortiqcha ishlab chiqariladi. Bu keyinroq ruxiy zo‘riqishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, u qondagi qand miqdorini oshiradi. Diyetolog Merilin Glenvillning ta’kidlashicha, bir shinjon qaxvadan so‘ng odam o‘zini nisbatan tetik sezadi, lekin biroz vaqt o‘tgandan keyin yanada kuchliroq holsizlik kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i va mushaklar taranglashuvini istamasangiz kofeni kamroq iching. 7. Shifokorga murojaat eting Surunkali charchoq kamqonlik, qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, qandli diabetda ham holsizlik kuzatiladi.

Erkaklar gormoni bo‘lgan testosteron darajasini susayishi ham doimiy charchoq hissini uyg‘otadi. Bu holatda diqqatni jamlay olmaslik, mushaklarning qisqarishi va teridagi tuklar va sochning to‘kilishi ham kuzatiladi.. Nima bo‘lganda ham, agar siz ortiqcha ishlamasdan turib charchasangiz, uyqu, taom tartibiga rioya etib, hissiyotlaringizni nazorat qiling. Agar yordam bermasa shifokorga murojaat eting. 8. Yopiq ish joyida uzoq vaqt ishlash. Inson organizmiga toza havoni yetishmasligi va ofisdagi jihozlar -telefon, kompyuter, printer ko‘rinmas elektromagnit maydonni hosil qiladi. Bu esa doimiy charchoq, xotira susayishi va jizzakilikka olib keladi. Ish joyingizda vaqti-vaqti bilan oynalarni ochib toza havodan to‘yib nafas olishni kanda qilmang. Material psixolog Nafosat Zikirova bilan maslahatlashilgan holda tayyorlandi.