Bilasizmi?

Katta tezlikdagi avtohalokat hosilasi Graham barchani ogohlikka chorlaydi

Avstraliyaning janubiy-sharqiy qismida joylashgan Viktoriya shtati politsiya bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan bu yilgi yo‘l harakati xavfsizligi kampaniyasining qahramoniga aylangan "Graham" katta tezlikda sodir bo‘lgan avtohalokatdan omon qolgan jabrdiydaning timsolidir.

Uning yirik boshi, yelkasiz va qiyshaygan qovurg‘ali beso‘naqay gavdasi, osilib yotgan tanasi va shakli o‘zgarib ketgan burni, quloqlari, ko‘rgan odamning ta’bini xira qiladigan shaklu-shamoyili avtohalokatdan so‘ng og‘ir ahvolda olib kelingan haydovchi ustida o‘tkazilgan qiyin jarrohlik amaliyotidan so‘ng yuzaga kelgan, go‘yoki.

Graham

Graham haydovchi va yo‘lovchilarga yo‘lda qoidalarga amal qilib, tezlikni oshirmasdan harakatlanish kerakligini, aks holda uning ahvoliga tushib qolishlari mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Graham

Uning afsus to‘la nigohidan "Modomiki, avtomobilni xavfsiz boshqarar ekansiz, hech qachon mening holimga tushmaysiz", degan tavsiyani uqish mumkin.

Graham rassom Patritsiya Pichchinini tasavvuri hamda travmatolog Kristian Kenfild ko‘magida shisha tolasi va silikon, inson sochi tolasi xomashyosidan tayyorlangan.