Salomatlik

Kanada milliy futbol terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi

“Kanada milliy terma jamoasi Avstriyadagi yig‘inda ishtirok etadigan 24 nafar futbolchidan iborat tarkibini e’lon qildi”, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti.

Avval xabar qilinganidek, Yevropadagi tashkil etiladigan mazkur yig‘inda Kanada milliy futbol terma jamoasi 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Kanada terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘yinga qadar, ya’ni 3 iyun kuni Ozarboyjon milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

JCh-2018 saralashiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Ekvatorial Gvineya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘z kuchini chamalab olish imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, Samvel Babayan boshchiligida  O‘zbekiston terma jamoasi Avstriyadagi rasmiy yig‘inga jo‘nab ketadi.

Ma’lumot o‘rinda aytib o‘tamiz, Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi Avstriyaning Xartberg okrugiga qarashli "Rorbax Lafnits" stadionida o‘tkazilishi belgilangan.

Kanada milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Benito Floro Avstriyadagi yig‘inda ishtirok etuvchi futbolchilar ro‘yxatini quydagicha belgiladi:

Darvozabonlar:

Simon Tomas – "Bode Glimt", Norvegiya

Milan Boryan – "Lyudogorets Razgrad", Bolgariya

Kenni Stamatopulos – "AIK", Shvetsiya

Himoyachilar:

Nik Ledgvervud – "Edmonton", Kanada

Manekar Jeym – "Deshder", Vengriya

Deyan Jakovich – "Shimitsu S-Puls", Yaponiya

David Edgar – "Birmingem", Angliya

Doneyl Genri – "Vest Hem", Angliya

Adam Streyt – "Fredrikstadt", Norvegiya

Stiven Vitoriya – "Benfika", Portugaliya

Karl V. Oumett – "Nyu York Red Bullz", AQSh

Marsel De Yong – "Ottava Fyuri", Kanada

Yarim himoyachilar:

Yulian de Guzman – "Ottava Fyuri", Kanada

Lein Xyum – "Ponferadina", Ispaniya

Uill Jonson – "Toronto", Kanada

Devid Xoylett – "KPR", Angliya

Toseynt Riketts – jamoasiz

Maykl Petrasso – "KPR", Angliya

Samuel Piyette – "Deportivo", Ispaniya

Skott Arfild – "Bernli", Angliya

Tesho Akindeli – "Dallas", AQSh

Hujumchilar:

Markus Xaber – "KRYu", Angliya

Kayl Larin – "Orlando Siti", AQSh

Simeon Jekson – "Blekburn Rovers", Angliya