Salomatlik

OChL: “Nasaf”da durang. “Bunyodkor” esa safarda 5 ta gol o‘tkazib yubordi  

5 aprel sanasida O‘zbekistonning ikki klubi OChL doirasida navbatdagi turni o‘tkazdi va natijalar ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Dastlab, “D” guruhida qatnashayotgan Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z uyida Qatarning “Al-Jayish” klubini qabul qildi va nursiz durang qayd etdi. Guruhdan chiqish imkoniyati “Nasaf”ning keyingi ikki o‘yindagi g‘alabasiga bog‘liq. Ya’ni "Nasaf" 5-6-turlardagi o‘yinda "Al Ayn"dan 6 ochko tortib olsa, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin.

Hozirda “Aj-Jayish” 4-turdan so‘ng 10 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib oldi. “Al-Ayn” 6 ochko bilan ikkinchi, “Nasaf” uchinchi(4 ochko) va “Al-Ahli” 3 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.

O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ikki jamoa teng kuchli ekani sezildi. Qatardagi o‘yinda ham “Nasaf” birgina xatodan so‘ng gol o‘tkazib yuborganini inobatga olmasak, “Al-Jaish”dan yomon o‘ynamagandi. O‘shanda ham vaziyatlar ko‘kka sovurilgan. Ikkinchi o‘yinda ham shunday tenglik kechdi. Mehmonlar tavakkal qilmay, ehtiyotkor o‘yin o‘tkazib, bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari yaratilgan vaziyatlar foydalana olmadi.

OChL, 4-tur. 05.04.2016.

“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al-Jayish” (Qatar) 0:0 

 “Markaziy” stadion.

Hakamlar: Liu Kvok Man (Gonkong), Choy Xun Kit (Gonkong), Cheng Oy Cho (Gonkong), Xo Vay Sing (Gonkong)

 "Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov - 7.Shuhrat Muhammadiyev, 23.Sherzod A’zamov, 4.Maqsud Karimov, 31.Saydullo Rahmatov - 18.Bahrom Abduraximov (6.Aziz G‘aniyev, 78), 20.Erkin Boydullayev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 17.Artur Gevorkyan - 9.Ilhom Shomurodov, 21.Azamat Allaniyazov (45.Bobir Abdixoliqov, 67).

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Azizjon G‘aniyev, 14.Sharof Muhiddinov, 45.Bobir Abdixoliqov, 42.Najmiddin Normurodov, 38.Doniyor Narzullayev.

"Al Jayish": 16.Xalifa Ababakar, 2.Murad Naji, 4.Lukas Mendes, 6.Yosir Isa, 9.Abdulrazzoq Hamdallah, 10.Sardor Rashidov (17.Otman Al Yahri, 86), 12. Majid Muhammad, 19.Abdurahmon Muhammad, 23.Xolid Al Zereqi, 27.Ahmad Moyein, 31.Romarino. Zaxira: 22.Saud Al Xatiri, 5.Muhammad Al Jabri, 7.Vesam Riziq, 8.Yusuf Mufta, 67.Jasim Al Hashemi, 17.Otman Al Yahri, 18.Jedo, 21. Saud Mubarak Al Xater.

Ogohlantirishlar: Sherzod A’zamov (32), Majid (35), Artur Gevorkyan (84)

 Uchrashuv nazoratchisi: Inoyat Mas’ud (Eron)

 Uchrashuv komissari: Xuang Sung (Xitoy)

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan, O‘zbekistonning navbatdagi jamoasi “Bunyodkor” Eronda "Zob Ahan" jamoasiga qarshi maydonga tushdi va o‘z darvozasida 5 ta to‘p olib chiqdi. Jamoa safarda hali bunaqa yomon natija ko‘rsatmagandi.

Aytish kerakki, “Bunyodkor”da jamoaviy o‘yin, yaratilgan vaziyatlardan foydalanish, xujumni oxiriga yetkazib qo‘yish borasida oqsoqliklar mavjud. Ayniqsa, jamoa o‘yinini boshqaradigan, vaziyatlar tashkil etishni nazorat qiladigan haqiqiy yetakchi pleymeyker yetishmayapti. Nisbatan yosh futbolchilardan tashkil topgan, degan fikrlaru baxonalar endi hisob emas. Bugun jahon futbolida 18-19 yoshli futbolchilarning ko‘rsatayotgan o‘yinlari, o‘zini tutishi, natijalari yoshning ahamiyati katta emasligini isbotlamoqda.

Umuman olganda, “Bunyodkor” yomon o‘yin namoyish etmadi, raqibidan kuchsiz emasligi ham aniq. Biroq yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish koeffitsenti past. O‘yinning 3-daqiqasida o‘tkazib yuborilgan gol va toshkentliklarning vaziyatni tenglashtirish yo‘lidagi xujumga zo‘r berishi, ketidan yana bir qarshi xujumda to‘p o‘tkazib yuborilishi—Lushchan rejalarini o‘zgartirib yuborgani aniq. Shu bois, murabbiy katta tavakkal bilan xujum chizig‘ini yanada kuchaytirishga intildi. Oqibatda esa Murod Zuhurov o‘z darvozasidan oz emas, ko‘p emas, naqd 5 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu mag‘lubiyat “Bunyodkor”ning guruhdan chiqish imkoniyatini ancha pasaytirib yubordi.

To‘rtta turdan so‘ng, “Zobaxan” 8 ochko bilan guruhda peshqadam, “Lahviya” va “an-Nassr” da 5 ochko, “Bunyodkor” 2 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.

Osiyo Chempionlar ligasi-2016 “V” guruhi, 4-tur 5 aprel, seshanba Isfahon. “Fuladshahr” stadioni. “ZOB-AHAN” (Eron) – “BUNYoDKOR” (O‘zbekiston) 5:2

Hakamlar: Ma Ning, Vang Deksing, Xuo Veyming (Xitoy), Hanna Hattob (Suriya) Hakamlar eksperti: Jassim Muhammad (Qatar) Uchrashuv komissari: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

Gollar: Danial Ismoilafar 3, - 1:0. Vohid Muhammadzoda 34, - 2:0. Mahdi Rajabzoda 50, - 3:0. Kaveh Rizoi 69, - 4:0. Sato Minori 79, - 4:1. Murtazo Tabrizi 87, - 5:1. Shahzodbek Nurmatov 89, - 5:2.

"Zob-Ahan": 12. Muhammadrashid Mazaheri, 3. Volid Ismoil, 4. Hadi Muhammadi, 8. Qosim Hadadifar, 9. Kaveh Rizoi, 15. Ehson Pahlavon, 16. Mahdipur Mahdi, 18.Ali Hamam, 23. Danial Ismoilafar (11.Murtazo Tabrizi, 66), 30.Mahdi Rajabzoda, 33.Vohid Muhammadzoda. Zaxira: 1.Muhhammad Sadeg‘i, 2.Muhammad Nejad Mehdi, 13.Muhammadrizo Hussayni, 25.Muhammad Rizo Abbosi, 61.Hoshim Beykzoda, 77.Amirkamdar Ahmad.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuxurov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Akromjon Komilov, 9.Sato Minori, 10.Eldor Shomurodov (19.Zabihillo O‘rinboyev, 75), 14.Bahodir Nasimov, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek Shukurov, 30.Yuritsa Bulyat (11.Shahzodbek Nurmatov, 46), 71.Aleksandr Alempiyevich (7.Shaker Zuagi, 46). Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 8.Javlon Ibrohimov, 16.Dilshod Ahmadaliyev, 77.Viktor Karpenko. Ogohlantirishlar: Hadi Muhammadi 47, Shaker Zuagi 67,

Bugun, 6 aprel sanasida “A” guruhida ishtirok etayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Eronning “Fulad-Sepaxon” jamoasini o‘z uyida qabul qilsa, “S” guruhi vakili “Paxtakor” Eronda “Traktorsozi Tabriz” uyiga safar qiladi.