Bilasizmi?

Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo arzonlashdi

Bu prezidentning 5.06.2018 yildagi prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblashga doir PF-5456-son farmonida nazarda tutilgan, deb xabar qilmoqda Norma.

Endi jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzo berish uchun to‘lov EKIHning 10%idan 7%igacha kamaytiriladi. Ya’ni u 17 224 so‘m o‘rniga 12 056 so‘mni tashkil etadi (sharh e’lon qilingan paytdagi EKIHdan kelib chiqqan holda).

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ERIni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori EKIHning 10%i miqdorida saqlab qolindi.

Eslatib o‘tamiz, elektron raqamli imzo kalitlari davlat va bank xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi va Davlat xizmatlari markazlari tomonidan rasmiylashtiriladi. U yerga shaxsan borib yoki YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilish mumkin.

Hujjat 7.06.2018 yildan kuchga kirdi.