Bilasizmi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar besh oyda 250 kishini oqladi

Joriy yilning besh oyi mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 22 mingdan ortiq nafar shaxsga nisbatan 17 mingdan ziyod ish ko‘rib chiqildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati.

Jumladan, 250 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 17 mingdan ortiq nafarni tashkil etib, shundan 4 mingdan ziyod nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 11 mingdan ortiq nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 4 mingdan ziyod nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

7 mingdan ortiq jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning 40 foizdan ziyodi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.