Bilasizmi?

Jet Lidan 5 ta hayotiy saboq

Mashhur kinoaktyor va zamonaviy kung-fu ustasi bo‘lgan Jeta Li o‘z hayotiy falsafalari bilan baham ko‘radi.

1.Yuvoshlik – sizning asosiy himoyangiz.

Men o‘ziga xos emasman, men shunchaki ko‘p vaqtimni jang san’atiga sarfladim. Endi esa, nimaga qodirligimni ko‘rsatayapman. Dunyoda xuddi shu ishni qila oladigan minglab odamlar bor.

2.Uyg‘unlik kuchdan muhimroq

Jang san’ati faqat odamlarga og‘riq berishini ko‘rsatganimni o‘ylasam, g‘amgin bo‘lamag. Menga eng asosiysi – jang emasligini isbotlash imkoniyati nasib etmadi. Bu in va yan uyg‘unligi hamda qora va oq o‘rtasidagi muvozanatni bilishdir. Uyg‘unlikni bilsanggina, buyuk bo‘lasan.

3.Baxt doim siz bilan birga

Baxt uchun qayergadir uzoq joyga otlanish kerak emas, u shu yerda –tinch yolg‘iz xonada. Barcha muammolaringiz yuragingizda to‘plangan, shu sababli shunchaki o‘zingizni o‘rganishingiz kerak. aslida qanday inson ekanligingizni tushunib yetish zarur. Agar siz o‘z shaxsiy dunyoingizni tushunib yetsangiz, siz hech narsadan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi.

4.Siz haqingizdagi begonaning fikri faqat fon musiqasidir

Atrofdagilarning bahosiga radirpriyomnikdan chiqayotgan qandaydir qo‘shiq sifatida qarang. «Sen ajoyibsan» – tram-pam-pam. «Sen ahmoqsan» – tram-pam-pam. Agar sizni o‘zingiz haqingida shaxsiy fikringidan ko‘ra atrofdagilarning bahosi ko‘proq bezovta qilsa, sizda muammolar bo‘ladi.

5.O‘lim sizga hayot sovg‘a qiladi

Men o‘limga tayyorman. Agar inson hox bugun, hox ertaga o‘lishi mumkinligini tushunib yetsa, har bir daqiqaning qadrlashni o‘rganadi. U hayotining har bir lahzasi haqida tashvish qiladi, agar ertaga o‘ladigan bo‘lsa, o‘zining so‘nggi ishlaridan uyalmaydigan bo‘ladi.

Xurshida Xonim