Xitoyning eng boy kishisi bo‘lgan Jek Ma Jenevada o‘tkazilgan elektron tijoratga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etib, bu texnologiyaga oid fikrlarini o‘rtoqlashdi, deb yozmoqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi Axborot xizmati.
Milliarder va elektron tijorat sohasidagi yirik Alibaba kompaniyasining asoschisi Jek Ma kelajakdagi global taraqqiyot elektron tijoratning Yer sayyorasidagi barcha uchun mavjud bo‘lishiga bog‘liq ekanini ma’lum qilgan.
Janob Ma e-commerce kambag‘allikka qarshi kurashishning samarali vositasi bo‘lishi hamda rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘sishni rag‘batlantirishi mumkinligini ta’kidlagan.
Ushbu yoz faslida Ma Xitoy biznesi vakillarini Afrikaga olib kelishni mo‘ljallagan. Maqsad – qit’ada tadbirkorlik potensialini rivojlantirishga ko‘maklashishdir.