Bilasizmi?

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston termasining navbatdagi o‘yinlari qachon bo‘ladi?

28 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining ochkolari soni 12 taga yetdi va uchinchi o‘rinda qoldi. Endi terma jamoa saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlarini Eron, Xitoy va Janubiy Koreya termalari bilan o‘tkazadi.

12 iyunda O‘zbekiston Tehronda Eron mehmoni bo‘ladi. 31 avgust kuni Xitoyga qarshi safarda maydonga tushadi. Nihoyat 5 sentyabr kuni O‘zbekiston saralash bosqichi so‘nggi o‘yinini o‘z uyida Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi, deb xabar qiladi Uz24.uz.

8-tur 12 iyun Eron - O‘zbekiston 13 iyun Suriya - Xitoy Qatar - Janubiy Koreya

9-tur 31 avgust Suriya - Qatar Xitoy - O‘zbekiston Janubiy Koreya - Eron

10-tur 5 sentyabr Qatar - Xitoy Eron - Suriya O‘zbekiston - Janubiy Koreya