Xabaringiz bor, bugun Toshkent vaqti bilan soat 13.30 da Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2018 yil Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralashining 3-bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruhdagi raqiblari nomi ham ma’lum bo‘ldi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, vatanimizning bosh jamoasi A guruhida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Guruhda Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar va Suriya terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Guruhdagi birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Uchinchi o‘rin egasi esa keyingi guruhdagi huddi shunday o‘rin sohibi bilan pley-off o‘yinlarida qatnashadi.
Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi saralashning birinchi o‘yinini o‘z uyida shu yilning 1 sentyabr kuni Suriya termasiga qarshi o‘tkazsa, so‘nggi turda 2017 yil sentyabr oyida Toshkentda Janubiy Koreya qarshi maydonga tushadi.
1-tur, 1 sentyabr 2016 O‘zbekiston – Suriya
2-tur. 6 sentyabr 2016 Qatar – O‘zbekiston
3-tur. 6 oktyabr 2016 O‘zbekiston – Eron
4-tur. 11 oktyabr 2016 O‘zbekiston – Xitoy
5-tur. 15 noyabr 2016 Janubiy Koreya – O‘zbekiston
6-tur. 23 mart 2017 Suriya – O‘zbekiston
7-tur. 28 mart 2017 O‘zbekiston – Qatar
8-tur. 13 iyun 2017 Eron – O‘zbekiston
9-tur. 31 avgust 2017 Xitoy – O‘zbekiston
10-tur. 5 sentyabr 2017 O‘zbekiston – Janubiy Koreya
V guruhidan Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA,Tailand jamoalari o‘rin oldi.