Bilasizmi?

Jahon banki O‘zbekistonga soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha maslahat berdi

Jahon Banki ekspertlar guruhi O‘zbekiston Moliya vazirligida soliq siyosati bo‘yicha prezentatsiya o‘tkazishdi deb xabar qilmoqda O‘zA.

Xalqaro tashkilot ekspertlari Qo‘shimcha qiymat solig‘ini (NDS) saqlab qolish va ushbu soliq bilan kichik biznes sub’yektlarini ham qamrab olishni maslahat bermoqda. Ikinchi tomondan esa, ekspertlar davlat maqsadli fondlariga amalga oshirilayotgan barcha majburiy to‘lovlarni bekor qilishni maslahat berishmoqda.

Alma Kanani boshchiligidagi ekspertlar guruhi fikriga ko‘ra, ushbu choralar iqtisodda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kunlarda O‘zbekiston soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Xususan, taklif qilinayotgan yangli soliq kodeksida, jumladan  quyidagilar nazarda tutilgan:

  1. Soliq tizimini imkon qadar soddalashtirish; Bir necha soliqlarni birlashtirish yo‘li bilan, soliqlar sonini kamaytirish;
  2. Soliq bosimini kamaytirish, yirik va kichik biznesga qo‘yiladigan soliq bosimini baravar qilish;
  3. Soliq qonunlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini yo‘lga qo‘yish. Barcha tafovutlar, istisnolarni bekor qilish;
  4. Kichik biznesni kengaytirishga xalal berayotgan omillarni olib tashlash;
  5. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 foizdan 12 foizgacha kamaytirish;
  6. Jismoniy shaxslar to‘laydigan barcha soliqlarni yagona soliqqa birlashtirib – 25 foiz miqdorida belgilash va boshqa choralar.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq islohotlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida soliq isloholarini qabul qilishda shoshilmaslik kerakligini aytgan edi. Prezident aytishiga qaraganda yangi soliq tizimini joriy etish uchun 3 yildan 10 yilgacha vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Ushbu mushkul ishni amalga oshirish maqsadida bugungi kunda O‘zbekiston soliq islohotlari sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan xorijiy ekspertlarni taklif qilgan. Jahon banki ekspertlaridan tashqari,  Rossiyada o‘tkazilgan soliq mualliflaridan biri, amaldagi davlat maslahatchisi, Sergey Shatalov ham O‘zbekistonda doimiy asosda ishlashga  taklif qilingan.