Jahon bankining ijrochi direktorlari kengashi O‘zbekiston iqtisodiyotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan rivojlanish siyosatini moliyalashtirish uchun 500 million dollar miqdorida kredit ajratadi, deb yozadi Kun.uz.
Rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasi - RSQO (Development Policy Operation) hukumatga O‘zbekistonni muvaffaqiyatli bozor iqtisodiyotiga aylantirishda yordam beradi. Hukumat har tomonlama nazorat qilinadigan iqtisodiyotni ochadigan bozor islohotlari orqali yangi barqaror ish o‘rinlarini yaratishi mumkin. Mamlakat fuqarolari va xalqaro kuzatuvchilar ko‘lamlari bilan farq qiluvchi ushbu islohotlarni keng qo‘llab-quvvatladilar.
RSQO «O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish strategiyasi» maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi va uchta ustuvor yo‘nalishga e’tibor qaratadi: 1) barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratish; 2) xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish va yangi ish joylarini yaratish uchun bozorlarni rivojlantirish; 3) ehtimoliy salbiy iqtisodiy islohotlarni yumshatish uchun himoyaga muhtoj guruhlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kengaytirish.
«Bugungi kunda O‘zbekiston tarixiy o‘zgarishning muhim bosqichidadir. Bank tomonidan taqdim etiladigan kredit asosiy ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan», - dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller. «Keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiy o‘sish, hokimiyatning oshkoraligi va hisobdorligini rag‘batlantiradi, shuningdek, fuqarolar uchun davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yaxshilaydi. O‘zbekiston hukumati uchun ushbu islohotlarning barqarorligini ta’minlash eng muhim ustuvor vazifaga aylanishi kerak».