Bilasizmi?

Jahon banki O‘zbekistonda 1 milliard dollarlik 8 ta qo‘shimcha loyihani amalga oshiradi

Bu haqda Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim tomonidan davlatimiz rahbariga yo‘llangan minnatdorlik maktubida ta’kidlab o‘tilgan, deb yozadi "Xalq so‘zi".

Unda jumladan shunday deyiladi:

“Jahon banki guruhi ekspertlari O‘zbekiston hukumatiga eng muhim masalalar, jumladan energetika tarmog‘ini isloh qilish, soliq va savdo siyosatini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish, Iqtisodiy kengashni tashkil etish va boshqa sohalar bo‘yicha ko‘maklashish maqsadida mamlakatingizga muntazam ravishda tashrif buyurmoqda.

Yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda va umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qo‘shimcha loyiha tayyorlanmoqda. Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi”.