1 iyuldan O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalari tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasi 22 iyun kuni shu haqdagi qarorni e’lon qildi, deb yozadi Gazeta.uz.
Quyidagi tovarlarni oyiga 1 donada bojxona to‘lovisiz olib o‘tish mumkin:
- Sovutgich
- Muzlatgich
- Konditsioner
- Kir yuvish mashinasi
- Chang yutgich
- Gaz plitasi
- Elektr plita
- Televizor
- Mikroto‘lqinli pech
- Duxovkali pech
- Elektr go‘sht qiymalagich
- Dazmol
- Fen
- Oshxona kombayni
- Telefon apparati, shu jumladan qo‘l telefoni
- Kompyuter texnikasi
- Printer va ko‘p funksiyali ofis qurilmasi
- Planshet kompyuter
- Noutbuk
- Oshxona idishi
Har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy og‘irlik 10 kg dan oshmasligi kerak.
Ro‘yxatda qayd etilgan har qanday tovar belgilangan norma va davriylikdan ortiq olib o‘tilganda o‘rnatilgan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.