Bilasizmi?

Ish vaqtida uyqu kelsa, nima qilish kerak?

Ish vaqtida uyqu kelib qolishi barchaga yaxshi tanish bo‘lsa kerak. Shunday paytlar bo‘ladiki, ish paytida ko‘zlaringiz o‘zingizga bo‘ysunmay yopilib ketadi, miya har qanday vazifani rad etadi. Afsuski, ish beruvchilarning hammasi ham bu vaziyatni to‘g‘ri baholamaydi: ular ovozlarini baland ko‘tarib, xodimning maoshini qisqartirishni aytib, tahdid qilishlari hech gap emas. Xo‘sh, bunday vaziyatda uyqu bilan kurashish uchun nimalar qilish lozim?

Sovuq suv

f141b0f11c5832d46f55f1021b8ec50f

Qahva emas, aynan sovuq suv (muz qo‘shilgan bo‘lsa yanada yaxshi) sizni ancha tetiklashtiradi. Bundan tashqari sovuq suv organizmni yetarli regidratsiya bilan ta’minlaydi va metabolizm tezligini oshiradi.

O‘zingizni ishontiring

cd4473f9be4fd98f67c143dfe8f1aaa0

Fikrlash kuchi mo‘’jizalarga qodir. Uyqu haqidagi o‘ylarga berilishning o‘rniga o‘zingizni kuch-quvvatga to‘la ekanligingiz va ishlash istagida yonayotganligingizga ishontiring. To‘g‘ri, bu biroz g‘alati eshitilishi mumkin, lekin siz urinib ko‘ring va bu usulning foyda berishiga ishonch hosil qiling.

Meditatsiya

f4e660d5886418f98c8de4870fc82f7d

Meditatsiyani eng yaxshi tetiklashtiruvchi vositalardan biri, deb atashimiz mumkin. 15 daqiqalik to‘g‘ri nafas olish mashqlari miyaga dam berish, organizmni kislorod bilan to‘yintirish va ish jarayonida diqqatni jamlash uchun uchun yetarli bo‘ladi.

Yalpizli konfetlar

50684c586d5da42404c5f30f981264f3

Yalpiz ta’mi tetiklashtirish xususiyatiga ega. Muhim ishni bajarayotgan paytingizda yalpizli konfet yoki saqichni og‘zingizga solib oling, shunda charchoq hamda dangasalikning ortga chekinishiga guvoh bo‘lasiz.

O‘rningizdan turing

561a6af1826bb1b8dd26d69716b5c19a

O‘rningizdan turib, biror bir jismoniy mashqni bajaring. Qon tana a’zolaringizni to‘ldiradi va metabolik jarayonlarni yo‘lga qo‘yadi, bu esa, o‘z navbatida, tana va miyani ishlashga majbur qiladi. Bino atrofidagi qisqa muddatli sayr ham kutilmagan uyquni haydaydi.

Miyangizni uyg‘oting

c7e7f708923997d3e8f27c67541e90d4

Erinchoq miyaga hozir ishlashga to‘g‘ri kelishini tushuntirishingiz kerak bo‘ladi. Bunday damlarda krossvord yoki shunga o‘xshash miyani uyg‘otuvchi mashqni bajaring. Yengil aqliy mehnat uyquni yengishga yordam beradi.

Manba: Kun.uz