Salomatligimizning risoladagidek bo‘lishi ko‘p jihatdan biz yeyotgan taomlar va oziq-ovqatlarga bog‘liq. Ovqatlanish ratsioni vitaminlarga boy va foydali mahsulotlarga ega bo‘lishi salomatligimizni mustahkamlashda juda muhim. Bir guruh mutaxassislar organizm uchun juda zarur va foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Ular bilan tanishning.
Sarimsoqpiyoz – saratonga qarshi fermentlar “egasi”. To‘g‘ralgan sarimsoqpiyozni iste’mol qilishdan avval 10 daqiqa kuting. Shunda foydasi yanada ko‘payadi.
Avokado yoki amerika pirseyasi – Doimiy yashil daraxt mevasi saratonga qarshi kurashuvchi yana bir “jangchi”. U og‘iz bo‘shlig‘ida saratonga qarshi kurashuvchi organik birikmalar hosil qiladi. Mevaning eti mineral va foydali vitaminlarga boy. Undan tayyorlangan pyure oddiy mayonez bilan ist’yemol qilish tavsiya etiladi.
To‘yintirilgan non. Ichaklar bizga uzoq va samarali xizmat qilishi kerak. Buning uchun kundalik ratsionga to‘yintirilgan nonni kiritish zarur. Semizlikka moyil yoki semiz odamlar oq nonni to‘yintirilgan qora nonga alishtirishi tavsiya qilinadi.
Sho‘rtang pishloq (brinza). Bu yumshoq pishloq organizmni kalsiy va boshqa foydali mikroelementlarga to‘yintiradi.
Shampinonlar (qo‘ziqorin turi) – Immun tizimning kuchaytiruvchisi. Saratonga qarshilik qiluvchi antioksidantlarni to‘playdi. Kam kalloriyali mazkur qo‘ziqorinlar ozish istagida yurganlar uchun kerakli mahsulot.
Petrushka – Foydali mikroelementlar soni bo‘yicha “chempion”. Uning bir bog‘lamida kunlik S vitaminining 70 foizi, A vitaminining 50 foizi va temir moddasining 10 foizi mavjud. Mazkur ko‘kat nafas olishni yanada yengillashtiradi.
Loviya (fasol) – Organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil va to‘qimalarning makoni. Konservalangan va tuzga to‘yinganidan ko‘ra, qaynatilgan loviya foydaliroq hisoblanadi.
Qalampir. Qizil qalapirda qondagi ortiqcha insulinni haydab chiqaruvchi «kapsaitsin» moddasi bor. U teri ostida yog‘ yig‘ilishining oldini oladi.
Armyan lavashi—Suv va undan tayyorlangan quruq non. Kam kalloriyali bo‘lgani uchun sog‘likka xavfi katta bo‘lgan xolesterinning ko‘paymasligiga sabab bo‘ladi.
Tofu (soyali tvorog) – urologik kasalliklar, jumladan, prostata saratoniga qarshi kurashadi. Odam organizmi uchun foydasi katta bo‘lgan mahsulotlardan biri.
Qatiq – Oshqozonning o‘z me’yorida, yaxshi ishlashiga ko‘maklashadi. Kam kalloriyali bu mahsulot ochlikni tez qondiradi.
Antioksidantlar bilan to‘yintirilgan zaytun moyi. Asl moy qora va taxirroq bo‘lishi kerak.
Sedra (limon yoki apelsin qobig‘i va shu qobiqdan tayyorlangan ziravor) teri uchun koni foyda va u saratondan himoya qiladi. Haftasiga bir marta bir osh qoshiqdan iste’mol qilish kifoya.
Yalpiz—u nafas olishni yengillashtiradi. Shuningdek, u A vitaminlariga boy o‘simlik sanaladi.
Jambil-rayhon—ularning bir qoshig‘ida olmanikidan ko‘proq antioksidantlar bor. Sous va salatlarga qo‘shib iste’mol qilish ishtahani ochadi.
Mundoq olib qaralsa, ratsionda mukammal bo‘lmasa-da, yuqorida sanalgan mahsulotlar bor. Ammo uning doimiy mavjud bo‘lishiga va iste’mol ham ana shu tamoyil asosida kechishiga harakat qilsangiz doim sog‘lom bo‘lasiz.
Internet manbalari asosida tayyorlandi