Bilasizmi?

Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha kattalarga maslahatlar

Bu maslahatlarimni aynan yoshi katta, ishlaydigan, oilali insonlar uchun moslashtirishga harakat qildim.

  1. Vaqt ziqligidan kelib chiqing. Kerakli narsani o‘rganing.
  2. Agar qanchadir bilimingiz bo‘lsa, oldin diagnostika qilib ko‘ring: http://testyourvocab.com/ saytida so‘z boyligingizni tekshiring (faqat aniq bilgan so‘zlarni belgilang.) TOEFL/IELTS'larni ham topshirib ko‘ring, tekin variantlari bor, taxminan necha ball olishingizni, qaysi sohalarni kuchaytirishni bilasiz (tinglash, gapirish, yozish, o‘qish, so‘z boyligi, grammatika).
  3. Alohida vaqt ajratmang. Ingliz tiliga kirib keting, inglizcha bilan atrofingizni “o‘rab” oling. Bu oson, yapon yoki forschani o‘rganmayapsizku.
    1. Mashina yoki transportda audio-video materiallarni eshitib keting, tushunish mutlaqo shart emas. Turli odamlar, turli sharoitdagi suhbatlar, yangiliklar, dialoglar, kino va hokazo.
    2. Kabel yoki “tarelkadan” faqat inglizcha kanallarni ko‘ring, yangilik, diskussiyalar va hokazo. Youtube ham xizmatda. Sevimli serialingizni inglizchasini toping. OnlineTv.uz saytida ham inglizcha filmlar bor. Xullas, “zamon, zamon, bizning zamon, davron bizniki”.
    3. Kuniga 15-20 daqiqa o‘qishga harakat qiling — kitoblar (abbridged books: soddalashtirilgan kitoblar mavjud Toshkentdagi Macmillan kitob do‘koni), Vikipediyadagi Simple English tilida yozilgan maqolalar… Matn o‘qing va yangi so‘zlarni chiqaring.
    4. Ish bo‘yicha hujjatlarni ham inglizchasini topib o‘rganing.
  4. Kuniga 10-15ta yangi so‘z toping va yodlang. Bir yilda 3-4 ming so‘z bo‘ladi.
  5. lingualeo.com kabi servislardan foydalaning.
  6. Kurslarga borishga harakat qiling. U yerda urg‘u beriladigan sohalar — so‘zlashish; ko‘proq gapirishga harakat qiling.
  7. Skype orqali so‘zlashishni mashq qiladigan servislardan foydalaning. Ingliz inson bilan muloqat qilasiz.
  8. Muhimi, kuniga bir necha soat inglizchaga duch kelish (o‘qish, eshitish va hokazo). Intensiv ravishda o‘rganing, bo‘lmasam, oldinroq o‘rgangan bilimingiz esdan chiqadi. Dasturni 6-12 oyga mo‘ljallang. Har kuni, har soat shug‘ullaning.
  9. Agar TOEFL/IELTS imtihon baholari kerak bo‘lmasa, grammatikani o‘rganmang, vaqtingiz bekor ketadi.
  10. Esingizda tursin, inglizchani chet elliklarga o‘rgatish — katta biznes, barcha metodologiyalar tayyor, bizda bunday narsa yo‘q, o‘zbek tilini boshqa millatdagilarga oson o‘rgatishni yo‘lga qo‘ymaganmiz. Demoqchimanki, ayni sizning sharoitingizga mos qandaydir yo‘lini topsa bo‘ladi.

Mana bu video darslarni ham tavsiya qilaman: Poliglot: 16 urokov s Petrovim. Bu mavzuni yoritishdan charchamasam kerak: ismoilov.com/2015/01/07/inglizchani-o‘rganish/.

Manba: B. Ismoilov