Bilasizmi?

Husnbuzarlar haqida siz bilmagan 15 ta qiziqarli ma’lumot

E’tiboringizga husnbuzarlar haqida siz bilmagan bir qator qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

1. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra yer yuzida yashovchi 25 yoshgacha bo‘lganlarning 70 foizi, 25 yoshdan katta bo‘lgan aholining esa 30 foizi husnbuzardan aziyat chekar ekan.

2. Husnbuzarlar kishi organizmida  biror kasallik, chunonchi, me’da-ichak, jigar, asab kasalliklari borligidan yoki boshlanganidan dalolat beradi. Bu sharoitda husnbuzardan qutulish uchun kasallikka qarshi davolanish kerak bo‘ladi.

3. Peshonaning soch o‘sadigan qismidan chiqqan xusnbuzarlar insonning o‘t qopi xasta ekanini bildiradi.

4. Husnbuzar toshganda, sut va sut mahsulotlari, meva, sabzavot, oshko‘klarni va ularning sharbatlarini iste’mol qilish lozim.

5. Husnbuzarlarni siqish, igna bilan yiringini chiqarish, turli niqoblar yordamida yo‘qotishga urunish xavfli. Shu bilan birga sovuq, iflos suv bilan yuvish va yuvilmagan qo‘l bilan tegish mumkin emas.

6. Yuz terisiga husnbuzar toshgan kishilarga o‘ta achchiq, sho‘r, o‘tkir, yog‘li, shirin taomlarni iste’mol qilish, spirtli ichimliklarni ichish, tamaki, nos kabilarni chekish mumkin emas.

7. Aniqlanishicha, husnbuzar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilar ichida ishsizlar soni ko‘p ekan.

8. Husnbuzar toshayotganidan shikoyat qilib, shifokor huzuriga boruvchi bemorlarning 2/3 qismini ayollar tashkil qiladi.

9. Husnbuzarlarning toshishi organizmda turli kasalliklarning borligidan dalolat berishi tasdiqlangan, biroq A, V, yod kabi vitaminlar ham uning paydo bo‘lishiga olib kelishini ko‘pchilik bilmaydi.

10. Stress holatida yashaydigan kishilarning aksariyatiga ham husnbuzar hamrohlik qiladi.

11. Husnbuzar toshishining sababi aniqlanib, uning ko‘payishiga qarshi chora ko‘rilmasa, u tobora rivojlanadi va toshgan joyida tiklab bo‘lmas chandiqlarning qolishiga olib keladi.

12. Husnbuzar chiqqach, ikki hafta ichida to‘liq “pishib yetiladi”.

13. O‘smirlarga qaraganda kattalarda toshadigan husnbuzar usti qizg‘ish bo‘lib, ko‘pincha ularning ustqi qismida yiringlash jarayoni tezlashar ekan.

14. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yuziga husnbuzar toshadigan insonlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchning susayishi va ko‘rinishidan qoniqmaslik holatlari yuzaga kelar ekan.

15. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, husnbuzarlar kosmetikadan doimiy foydalanuvchi ayollarda ko‘proq uchraydi, degan fikr noto‘g‘ri. Ayollarni tinchlantirish maqsadida ba’zi yuz terisi uchun krem ishlab chiqaruvchi kosmetika kompaniyalari krem qadog‘ining ustiga “non comedon” – ya’ni krem teridagi teshiklarni kattalashtirmasligi va husnbuzarlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmasligi haqida yozishadi.

Manba: Sof.uz