Bilasizmi?

Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonga ilk oltin medalni olib berdi (Foto/Video)

Rio-Olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqasida birinchi final bahsi o‘tkazildi. 14 avgust O‘zbekiston sporti tarixiga kiradigan kun bo‘ldi.

49 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi turnirda o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov Kolumbiya vakili Yuberxen Martines Rivasga qarshi ringga chiqdi.

Kun.Uz'ning yozishicha, jang o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligida o‘tdi va hakamlar yakunda Hasanboy Do‘stmatovga g‘alaba berishdi. Yakuniy baho - 3:0 — 29:28, 30:27, 30:27.

Bu esa O‘zbekiston delegatsiyasiga Rio-2016 olimpiadasidagi ilk oltin medalni olib keldi.

Do‘stmatov o‘zi orzu qilgani kabi Muhammadqodir Abdullayevning natijasini takrorladi. 2000 yildan buyon ilk marta O‘zbekiston boks terma jamoasi oltin medalga ega bo‘ldi. Olimpiadalarda boks bo‘yicha birinchi va oxirgi oltin medalni o‘zbekistonlik sportchi 16 yil avval — Sidney Olimpiadasida olgandi. O‘shanda Andijon sport maktabi vakili Muhammadqodir Abdullayev O‘zbekistonga oltin medal olib qaytgandi.

oltiiin

49 kilogarmmgacha vazn toifasida kumush medal Martinezga, bronza medallar esa amerikalik Migel Ernandes va kubalik Argilagosga topshirildi.

hassan

Hasanboy Do‘stmatov hal qiluvchi finalga qadar 3 nafar raqibining har birini uchta raund natijasiga ko‘ra mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Bular: meksikalik Xoselito Velaskes, qozog‘istonlik Birjan Jakipov va amerikalik Niko Ernandes.

oltin2

hsnbydstmtv