Hukumatning 2018 yil 22 iyundagi qarori bilan Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:
- mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserl, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga – ular farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi bo‘yicha;
- harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning farzandlariga.
Tavsiyanomalar harbiy xizmatchilarning farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining BITTA OLIY TA’LIM MUASSASASIGA bir marta kirishi uchun uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
Tavsiyanomalarni berish masalasini ko‘rib chiqish uchun Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklarda (idoralarda) vazirlik (idora) rahbarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Komandir (boshliq)lar komissiyaga ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi
a) harbiy xizmatchiga:
- bevosita komandir (boshliq)ning tavsiyanomasi;
- ma’lumotnoma-ob’yektivka;
- biografik ma’lumotlar;
- xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot;
- harbiy xizmatchi farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
- vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;
- harbiy xizmatchi harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganligi to‘g‘risida vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘idan ko‘chirma;
- harbiy xizmatchining o‘limi haqidagi guvohnomadan nusxa;
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchi farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
- vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;
- tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining nogironligi haqidagi ma’lumotnoma;
- yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar bo‘yicha harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazadigan muassasaning xulosasi;
- harbiy xizmatchi farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.
Tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilarning ro‘yxatlari tegishli vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
2018 yilda tavsiyanomalar berish tadbirlari joriy yilning iyun oyida amalga oshiriladi.