(Maqolaning boshi)
- Ijodiy qobiliyatni o‘stirishning yo‘llaridan biri odatiy ishlarni yangicha usul bilan bajarishdir.
- Kompaniya, karera yoki loyihangiz endigina yo‘lga qo‘yilganida ko‘p hollarda “ha” deyishingizga, keyingi davrga o‘tib “yo‘q” deyishingizga to‘g‘ri keladi.
- Salbiy munosabatlar bo‘lishi kerak. Ulardan voz kechmaslik lozim.
- Xuddi shu fikr ijobiy munosabatlarga ham tegishli. Axborotni saralashni o‘rganing.
- Boshqalarning siz haqingizdagi fikri (yaxshi-yomonligi ahamiyatsiz) sizning o‘zingiz haqingizdagi fikringizga sira ta’sir ko‘rsatmasin. Buni o‘ziga xos munosabat shaklida qabul qiling va kerakli tomonini izlang.
- Konstruktiv tanqid qiling: yaxshi bajarilmagan ishni muhokama qiling, ammo bajargan kishiga tanqid tig‘ini qaratmang.
- Qulochni katta oting, ulug‘ ishlar haqida o‘ylang. Kichik narsalar haqida o‘y sursangiz, shunga yarashasini olasiz.
- Orzuingizni yo‘l xaritasi sifatida tasavvur qiling. Esda tutingki, orzuga bir qadam tashlaboq erishish imkonsiz. Marraga yetish uchun ko‘pdan-ko‘p qadam tashlash kerak.
- Katta ishga bel bog‘lagan chog‘ingizda “ha”dan ko‘ra “yo‘q”ni ko‘proq eshitishga tayyorgarlik ko‘ravering. Cho‘chimang. Jilla qursa qo‘l qovushtirib o‘tirganingiz yo‘q, harakatdasiz.
- Qancha tez muvaffaqiyatga erishsangiz, u shuncha mas’uliyatni yetaklab keladi. Yanada baland cho‘qqilarni yanada tez zabt etgingiz kelaveradi. Mas’uliyat ham tobora ortib borishini hisobga oling.
- Omadga erishishning biror-bir siri bo‘lsa u quyidagi tavsiyadir: o‘z rejalaringizni boshqalarning rejasi bilan muvofiqlashtiring, imkon qadar barcha usul bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ying.
- O‘z muloqot davrangizni quring. Foydasi tegadigan kishilarni izlab topishga urining, borlari bilan aloqani uzmang.
- Qanday texnologiya yaratishingiz yoki ishlab chiqarishingizdan qat’i nazar mahsulot xususida emas, hayotini yaxshilamoqchi bo‘lgan odamlaringiz haqida o‘ylang.
- Hatto zo‘r muvaffaqiyat qozonganingizda ham bu omadsizlikka uchramasligingizni kafolatlamaydi. Omadsizlikning juda kattasiga uchrashingiz mumkin.
- Omadsizlik – bu jarayonning bir bo‘lagi.
- Tavakkal qiling. Ammo pala-partish emas, aql bilan.
- Oldindan tashvishlanishga o‘rganmang, ammo quyosh doim charaqlamasligini esda tuting. Hamisha qo‘shimcha rejangiz bo‘lsin.
- Ba’zida ikkilanishni yig‘ishtirib dangal o‘yinga o‘tish kerak bo‘ladi. Qachon bunday qilish kerakligini sizga hech kim aytmaydi. O‘zingizda qat’iyat sezsangiz, o‘ylaganingizni amalga oshiring.
- Hurmat va qat’iyat ila rad etishni o‘rganing.
- Imkon qadar ko‘proq “ha” deng.
- Agar, haqiqatan, dunyoni o‘zgartirishni istasangiz, odamlarning hurmatiga erishish uchun zarur bo‘lgan ishni amalga oshiring. Boshqalarga o‘rnak bo‘lishga harakat qiling.
- Orziqib kutgan narsangizga erishib, darrov baxtli bo‘lib qolmaysiz. Baxt o‘zingizda bor narsadan mamnuniyat his etishdir.
- Yoqimsiz kishilar bilan har kuni munosabatda bo‘lasiz. Imkon qadar xushmuomala bo‘ling, ishingizni puxta bajaring va o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ymang.
- O‘zingiz istagan narsani mo‘ljalga oling, bu yo‘lda xalaqit berayotganlarni emas.
- Tez-tez tasdiq alomatini bildirishga to‘g‘ri kelsa, tasdig‘ingiz chegarasi va me’yorini belgilab oling.