Omad hamisha yoningizda soyadek ergashib yurishini istaysizmi? Unda quyidagi sodda aksiomalarni yodda tuting.
Business Insider yangiliklar portalidagi faoliyati davomida jurnalist Juliya Bort turli soha vakillari bo‘lgan minglab kishilar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Uning hamsuhbatlari orasida qudratli kompaniya egalaridan tortib tijoratni tetapoya qilib boshlayotgan tadbirkorlargacha bor.
Jurnalist o‘tkazgan suhbatlardagi barcha universal haqiqatlar va tavsiyalarni to‘pladi. Ushbu tavsiyalarni istalgan toifa kishilar hayotda qo‘llab muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini tajriba ko‘rsatgan.
- Ishni xobbi yoki vaqtni maroqli o‘tkazish vositasiga aylantirmaslik lozim. Albatta, ishdan zavq olish darkor, ammo ish vaqti va shaxsiy vaqt tushunchalarining farqiga borish kerak.
- Ishingizdan qoniqmayotgan bo‘lsangiz, maroqli taraflarini qidirib ko‘ring. Balki ishingiz sizga xush kelmas, ammo olayotgan ish haqingiz va imtiyozlaringiz siz va oilangiz uchun foydalidir. Qiyinchiliklar vaqtida buni tez-tez eslab turing.
- Omadli va o‘ziga ishongan odamlar bilan tez-tez uchrashib turing: ularning ijobiy jihatlari sizga “yuqsin”.
- Agar o‘zingizga maroq bag‘ishlagan, omadingiz kulgan sohada faoliyat yuritsangiz, atrofingizdagilardan ko‘ra baxtliroq kishiga aylanasiz.
- Agar o‘z kamchiliklaringiz ustida bosh qotirishga va ulardan asabiylashishga ko‘p vaqt sarflasangiz, ulardan qutula olmaysiz.
- Malaka orttirishning yagona to‘g‘ri yo‘li amaliyotdir. Bilim va mahorat orttirishda qat’iyatli va toqatli bo‘ling.
- Doimo diqqat markazida bo‘lishni istasangiz hamisha biror yangi narsa o‘rganing.
- Biror mavzuni o‘rganish jarayonida siz yangi insonsiz. Siz tomoningizdan xatoliklar sodir etilishi tabiiy hol.
- Biror sohani qanchalik tez o‘zlashtirsangiz, boshqa narsani o‘rganishingiz ham shunchalik osonlashadi. Eng qiyini boshlab olish ekanligini yodda tuting.
- Biror narsani o‘zgartirish kerak deb hisoblasangiz, o‘sha o‘zgarishni amalga oshiruvchilardan bo‘ling.
- Kichikdan boshlab kattasiga sari harakat qiling.
- Avval tez va sezilarli natija uchun harakat qiling, so‘ng yirik va mehnattalab faoliyat bilan shug‘ullaning.
- Ishning biror texnik jihatini takomillashtirish uchungina emas, o‘z yetakchilik mahoratingizni oshirish uchun ham harakat qiling.
- Behuda ishni o‘z vaqtida to‘xtatish va undan voz kechishni bilish – eng qiyin saboqlardan biri. O‘zingiz buni tushunib yetmaguningizcha hech kim oqilona qarorni aytmaydi.
- Tentak odamgina bir yumushni qayta-qayta bir xil yo‘l bilan bajaradi va har xil natijadan umid qiladi. Natija sizni qoniqtirmasa, nimanidir o‘zgartiring va qaytadan boshlang.
- Yakka ishlab hech kim muvaffaqiyatga erishmagan. (Yolg‘iz otning changi chiqmas)
- Yordam so‘rashdan tortinmang, ammo aynan qanday ko‘mak so‘rashingizni biling. Ko‘maklashishgach, albatta minnatdorchilik bildiring.
- Hammaning hayotga o‘z qarashi bor. Ayni bir uchrashuvdan ikki odam ikki xil taassurot olishi mumkin. Bu holatga qarshi kurashish emas, yaxshilik yo‘lida foydalanish kerak.
- Turfaxillikni rag‘batlantiring. O‘z kamchiligingizni va kuchsiz tomonlaringizni to‘ldiradigan shaxslarni izlab toping.
- Barchaga yoqishingiz shart emas.
- Kimnidir o‘zingizdan qarzdor sanamang. O‘z o‘rnida siz ham hech kimdan qarzdormassiz.
- Sizdan omadliroq, balandroq cho‘qqilarni zabt etganlar har yerda topiladi. Bundan alamga cho‘kmang, asabiylashmang.
- Shu bilan birga sizdan kam narsaga erishganlar ham yetarlicha topiladi. Buning uchun mag‘rurlanib ketish ham yaramaydi.
- Loyihangiz yoki kompaniyangiz rivoji uchun zarur resurslarning (vaqt, mablag‘, xodimlar v.b.) barchasi sizda bo‘lmasligiga ko‘niking. Har kim ega bo‘lishni istaydigan resurslarning barchasi hech kimda yo‘q.
- Resurslar yo‘qligi – oqlov bo‘lolmaydi. Bu ijodkorroq bo‘lishga undovchi taqdirning yashirin tuhfasidir.