Oddiy odamning ham haqiqiy do‘st topishi juda mushkul bo‘lgan bir paytda Gollivudda mashhurlikka erishgan insonning ko‘p tanishlar orasidan asl do‘stni farqlay bilishi ikki hissa qiyin. Biroq aktyorlar orasida o‘zaro chin do‘stlik rishtalarini bog‘laganlar bor. Bu do‘stlik munosabatlari vaqt va davr sinovlaridan o‘tgan. Ana shunday mashhur do‘stlar bilan tanishing.
Bred Pitt va Jordj Kluni
Aktyorlar “Oushenning 11 do‘sti” filmini tasvirga olish jarayonlarida tanishishgan. Oradan yillar o‘tdi, ikkovi ham Gollivudda katta shuhratga erishdi, ammo vaqt hamda mashhurlik bu rishtaga rahna solganicha yo‘q.
Mett Deymon va Ben Afflek
Yigitlar bolalikdayoq do‘st tutinishgan. Ular Gollivud kino olamida ham, oddiy hayotda ham asl do‘stlar sifatida e’tirof etiladi.
Leonardo DiKaprio va Tobi Maguayr
Butun dunyo ekranlarini “Titanik” filmidagi obrazi bilan zabt etgan Leo va “o‘rgimchak odam” Tobi bolalikda do‘stlik rishtasini bog‘lashgan. Ularni birlashtirib turuvchi narsa faqat kino emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki mashg‘ur aktyor beysbol sport turining ashaddiy ishqibozi.
Mettyu MakKonaxi va Vudi Xarrelson
Texaslik bu ikki yigit “Haqiqiy detektik” filmi tasvirga olinayotgan chog‘da tanishishgan va qalin do‘stlarga aylanishgan.
Adam Sendler va Jek Nikolson
“Aql boshqaruvi” filmidan so‘ng chiqishib qolgan Adam va Jek tez-tez otamlashadigan bo‘lishgandi. Bora-bora ular qadrdon do‘stlarga aylanishdi.
Benedikt Kamberbetch va Tom Xaddlston
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki qiyomatlik do‘stlar “Jangovar tulpor” filmi tasvirga olinish chog‘ida tanishishgan. Hozir qalin do‘stlar.
Ien MakKellen va Patrik Styuart
Gollivuddagi ulug‘ yoshli ikki do‘stni ekranda bir-biriga dushman-mutantlar sifatida ko‘rib, o‘rganib qolganmiz. Lekin hayotda ular chin do‘stlar sanalishadi.
Xyu Jekman va Rassel Krou
Rassel 1990 yilda kino olamiga endigina qadam qo‘ygan yosh aktyor Xyuning ijrosini ko‘rib, yorqin qobiliyatini payqaydi. Rosselni mutant Rosomaxa obraziga chaqirishganida, taklifni rad etib, prodyusserga qandaydir janob Jekmanni taklif qilishini maslahat beradi. Xyu bu haqida eshitib qolgach, qattiq ta’sirlanadi va shu voqea sabab Rassel bilan do‘st tutinadi.
Silvestr Stallone, Arnold Shvarsenegger va Bryus Uillis
Mazkur jangovar uchlik 30 yildan buyon do‘stu birodar. Ular o‘z davrida barcha yigitlar uchun namunali erkak sifatida ko‘rilardi.
Shon Konneri va Maykl Keyn
Ser Shon Konneri va ser Maykl Keyn singari otaxon aktyorning do‘stligiga 45 yil to‘lgan.
Pol Nyuman va Klint Istvud
Gollivud olamida do‘stlik borasidagi eng uzoq yillik rekord. Ularning studiyada tasodifan tanishib qolib, do‘st tutinganlariga ham 60 yildan ko‘p vaqt o‘tdi. Klint Istvud o‘z do‘sti haqida gapirar ekan, Pol singari aktyorni dunyo kinosi hali ko‘rmaganligini aytadi.