GM Uzbekistan AJ avtomobillar sotuvi qayta yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qiladi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, ayrim modeldagi avtomobillar narxi o‘rtacha 7,7 foiz oshirilgan. «Spark», «Neksiya» va «Kobalt» singari aholi o‘rtasida xaridorgir bo‘lgan modellarning narxi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Ta’kidlanishicha, 2018 yil 1 avgustgacha tuzilgan, jismoniy shaxslar tomonidan kamida 85 foiz va yuridik shaxslar tomonidan 100 foizlik to‘lovlar amalga oshirilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan narxlar va shartlar asosida amalga oshiriladi.