Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi shu yilning 18 mayidan 22 mayiga qadar yurtimizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi borligini xabar qildi.
Shu bois ehtiyot choralarini ko‘rish, avariya va boshqa noxush holatlarda FVVning tezkor raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi.
Telefon: (+99871) 147-10-50
Elatib o‘tamiz, shu yilning 16 may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sel oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi. Shuningdek, 14 may kuni Kitob tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida «Jillisuv» aholi punktida 4 ta xo‘jalikni suv bosgani xabar qilingan edi.