Juma kuni erta tongda futzal bo‘yicha O‘zbekiston termasi 10 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati-2016 ga yo‘l oldi. Mamlakat termasi guruh musobaqalarini Kalidagi 18 ming tomoshabinga mo‘ljallangan «Kolizeo El Pueblo» stadionida o‘tkazadi. Bu haqda Darakchi.uz yozmoqda.
Bu O‘zbekiston termasining jahon chempionati asosiy musobaqalaridagi ilk ishtiroki bo‘lgani sababli sportchilar bor imkoniyatni ishga solishga tayyorligini ma’lum qildi.
«Bosh murabbiy oldimizga qo‘ygan eng kichik vazifa — guruh bosqichidan chiqish, — dedi O‘zbekiston termasi sardori 29 yoshli Artur Yunusov. — Keyingisini o‘yin ko‘rsatadi».
Mazkur guruhda O‘zbekistonga jiddiy raqiblar duch kelgan — musobaqa mezboni Kolumbiya, shuningdek, Portugaliya va Panama termalari. Panama bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston jamoasining jahon chempionatlaridagi chiqishlari statistikasi ochiladi.
Jamoa dastlab Eron, Portugaliya, Ispaniya va Italiya kabi Osiyo va Yevropaning kuchli termalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
O‘zbekiston termasi ispaniyalik murabbiy Xose Mariya Mendez bilan 2017 yil 15 martga qadar shartnoma imzolagan bo‘lib, uning boshchiligida o‘zbekistonliklar 2014 yilgi Osiyo chempionatida bronza, Toshkentda o‘tkazilgan 2016 yilgi qit’a birinchiligida esa kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, terma jamoa jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.