Bilasizmi?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatarni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi ikkinchi tur uchrashuvida Qatarni mag‘lub etdi.

Qatarning “As-Sadd” jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionda bo‘lib o‘tgan uchrashuv, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi hurmati uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa qora bog‘ichlar taqqan holda o‘yinni o‘tkazishdi.

O‘yinning dastlabki bo‘limi Qatarliklar faolligida o‘tdi. Birinchi bo‘limda to‘pga egalik qilish va darvoza tomon berilgan zarbalar bo‘yicha ustunlik maydon egalari tomonida bo‘ldi. O‘zbekiston qarshi hujumlardan foydalanishga urindi. Shunga qaramay, har ikki jamoa darvozasi ishg‘ol qilinmadi.

The-uff.com'ning yozishicha, ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston hujumlar sonini oshirdi. Samvel Babayan jamoa tarkibida bir necha o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Xususan, Sardor Rashidov o‘rniga maydonga tushgan Aleksandr Geynrix O‘zbekiston o‘yinining ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 86-daqiqada kiritildi. Xitoyning “Beyjing Goan” klubi himoyachisi Yegor Krimets o‘zining terma jamoa tarkibida rasmiy uchrashuvlardagi dastlabki golini kiritdi – 0:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhi peshqadamiga aylanib oldi.

2-turdan so‘ng “A” guruhidagi vaziyat quyidagicha:

Jamoa O‘yin G‘alaba Durang Mag‘lubiyat To‘plar Ochko
1 O‘zbekiston 2 2 0 0 2-0 6
2 Eron 2 1 1 0 2-0 4
3 Janubiy Koreya 2 1 1 0 3-2 4
4 Xitoy 2 0 1 1 2-3 1
5 Suriya 2 0 1 1 0-1 1
6 Qatar 2 0 0 2 0-3 0

Qatar - O‘zbekiston 0:1 6 sentyabr 2016. Doha. "Al Sadd" stadioni. Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn) Gol: Yegor Krimets 85, - 0:1 Qatar: 21.Umar Barri, 2.Muhammad Musa, 3.Abdulkarim Hassan (15.Pedro Migel, 80), 4.Ahmad Al Sayid, 9.Rodrigo Tabata (8.Ali Asadalla, 62), 10.Hassan Al Haydos (17.Ismoil Muhammad, 71), 12.Akram Afif, 16.Bualim Xuxi, 19.Ahmad Yosir, 20.Karim Budiaf, 23.Sebastyan Soriya.

Zaxira: 1.Amin Lekomt, 22.Saad Al Shib, 5.Luiz Junior, 6.Muhammad Kasola, 7.Xolid Mufta, 11.Meshal Abdulloh, 13.Almoyez Ali, 14.Abdulrahmon Hussayin, 18.Muhammad Tresor.

O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 2.Yegor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 18.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov, 8.Server Jeparov (14.Javohir Sohibov, 82), 23.Eldor Shomurodov, 10.Sardor Rashidov (15.Aleksandr Geynrix, 59), 11.Igor Sergeyev. Zaxira: 1.Eldorbek Suyunov, 12.Ignatiy Nesterov, 3.Azimjon Ahmedov, 4.Marat Bikmayev, 6.Jasur Hasanov, 7.Salamat Qutiboyev, 13.Davronbek Hoshimov, 16.Stanislav Andreyev, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Jamshid Iskanderov.