Bilasizmi?

Fransuz gimnastining jarohati arenani larzaga soldi

Fransiyalik gimnast Samir Aid Said uchun bu galgi Olimpiada o‘yinlari baxtsiz yakunlandi. Sportchi jamoaviy sakrash mashqlarini amalga oshirayotganida yerga oyoq qo‘yayotib chap oyog‘ini to‘pig‘iga yaqin joydan sindirib oldi.

Uning jarohatidan larzaga kelgan arenadagi tomoshabinlarning barchasi oh tortib yuborishgan. Ba’zi bir tomoshabinlar esa ijtimoiy tarmoqlarda suyakning singan ovozini eshitishganidan dahshtaga tushganliklarini yozishmoqda.

Tezkor tibbiy guruh yetib kelguniga qadar Said bir fursat singan oyog‘ini chap qo‘lida tutganicha jon og‘rig‘i talvasasida yotgan.

Shu og‘ir holatda tibbiyot aravachasida olib ketilayotgan sportchi kaftini arenadagi tomoshabinlarga qarata ko‘tarib, ularga hamdardlik uchun minnatdorchilik bildirishni unutmadi.