Bilasizmi?

Foto: Paralimpiyachilar taqdirlandi

22 sentyabr kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston paralimpiya termasini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Gazeta.uz yozmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Mirabror Usmonov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Faxriy mehmonlar Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga pul mukofoti sertifikatlari hamda «Malibu» avtomobili kalitlarini taqdim etdi.

Sportchilar nomidan suzuvchi Fotimaxon Amilova, dzyudochi Feruz Saidov, yengil atletikachi Miran Saxatov hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Umid Ahmedjanov so‘zga chiqib, rahbariyat va O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari Rio-de-Janeyroda 18 sentyabrda o‘z yakuniga yetdi. 32 kishidan iborat O‘zbekiston sport delegatsiyasi 31 medal bilan medallar soni bo‘yicha 16-o‘rinni band etdi.

Foto

2kwkbS14745293425425_b 4PbSFO14745295613767_b 5o7pgG14745298154017_b a3uRAz14745294653077_b dkbJ9714745294205502_b KF7psL14745293222161_b Oqpb1K14745294320402_b PnreOH14745295226993_b RuOGO314745293643244_b UEcZQ114745294003604_b VcTmh114745300414836_b XdJ1tc14745293851831_b