Rio—2016 Olimpiadasining 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi turniri finalida o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov oltin medal uchun jang qildi.
Kun.Uz'ning yozishicha, uning raqibi kelib chiqishi kubalik bo‘lgan, turnirda Ozarbayjon nomidan ishtirok etayotgan sportchi Kallozo Sotomayor bo‘ldi.
U irodali jang olib borib, yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston uchun yana bitta oltin medal olib berdi.
Fazliddin G‘oibnazarov finalga qadar kongolik Malonga Dzalamou (1/16 final), hindistonlik Manoj Kumar (1/8 final), amerikalik Geri Rassell (1/4 final), rossiyalik Vitaliy Dunaysev kabi sportchilarni turnirdan chiqarib yuborgandi.
Shu tariqa, Hasanboy Do‘stmatov, Ruslan Nuriddinov, Shahobiddin Zoirovdan keyin Fazliddin G‘oibnazarov ham O‘zbekistonga Rio-de-Janeyro olimpiadasining oltin medali bilan qaytadigan bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadaning so‘nggi kunida 4ta medal oldi (2ta oltin va 2ta bronza). Endilikda delegatsiya hisobidagi medallar soni 13taga yetdi va O‘zbekiston umumiy reytingda 4ta oltin, 2ta kumush hamda 7ta medal bilan Qozog‘istonni bir pog‘onaga ortda qoldirgan holda, 21-o‘rinda joylashdi.