Rio olimpiadasi g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatini professional boksda davom ettirishga qaror qilib, dunyoga mashhur “Top Rank” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Sof.uz'ning yozishicha, Fazliddin aprel oyida professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi.
Xabarlarda bokschimiz amerikalik Viktor Vaskesga qarshi ringga ko‘tarilishi aytilgan.
21 yoshli Viktor Vaskesprofessional boksdagi faoliyati davomida 9ta jang o‘tkazgan. Ana shu janglarining 7tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. Nokaut evaziga g‘alaba qozongan janglari soni 3tani tashkil qiladi. Ikki marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Bir bor nokautga uchragan.
G‘oibnazarov - Vaskes jangi 22 aprel kuni AQShning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo‘lib o‘tadi.