Hozirgi kunda O‘zbekistonda OPTIMUS brendi bilan nom chiqargan gipsokarton korxonasi ishlab chiqarish hajmi va o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida 3 tomonlama kelishuvga asosan O‘zbekiston, Xitoy va Germaniya o‘zaro hamkorligida 2019 yilning 1-choragida ishlab chiqarish quvvati yiliga 15 mln kvadrat metr gipsokarton va 100 ming tonna gips bo‘lgan zavodlarni ishga tushiradi.
Hozirda yangi zavodning bino va inshoot qurilish ishlari Qo‘qon Erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) hududida boshlab yuborilgan va jadal davom etmoqda.
Korxona bosh menejeri Abdulaziz G‘ulomovning ta’kidlashicha, “Yangi loyiha eng zamonaviy qurilish konstruktiv talablariga javob beradi va ISO sertifikati asosida mahsulot chiqariladi. Yangi mahsulot sintetik qo‘shimchalarsiz, ekologik toza tarkibda ishlab chiqariladi Maqsadimiz - yuqori sifatli va hamyonbop mahsulot ishlab chiqarib, uni yurtimiz bozoriga taqdim qilish. Shuningdek, yangi korxona mahsulotini qo‘shni davlatlarga eksport qilish ham ko‘zda tutilgan.”.
Bugungi qurilish sanoati gips va gipsokartonning chanqoq iste’molchisiga aylandi. Gips va gipsokarton yordamida xonadoningiz ko‘rkam va go‘zal ko‘rinishga kiradi, eng muhimi ularning hamyonbopligidir.
Ushbu zavod gipsokarton va gips ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekistonda beshlikka, Farg‘ona vodiysida esa uchlikka kirishi kutilmoqda.
Yangi loyihaning tub maqsadi yangi ish o‘rinlari tashkil qilish va yurtimiz rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir.