Madaniyat

Erkaklar uy kiyimi to‘g‘risida?

Ko‘pchilik erkaklar uy kiyimiga alohida e’tibor berish shart emas, deb hisoblashadi. Ularning fikricha, ko‘chada hammaning ko‘zi tushgani uchun yasanish kerak, o‘z uyida esa “bo‘laveradi”. Bugungi maqolamizda shunday an’anaviy qarashlarni o‘zgartirishga urinib ko‘ramiz.

Erkaklar uyda, ko‘pincha, eng arzon sport kiyimlari yoki ohori to‘kilgan ko‘ylak-shim kiyib yurishadi. Yumshoq qilib aytsak, bu chiroyli ko‘rinish emas.

O‘z uyingda ko‘rkam bo‘l

Yarashiqli kiyimni o‘z uyida kiyib yurish zarar qilmaydi. U, nafaqat, orastalikni ta’minlaydi, balki kayfiyatingizni ko‘taradi, o‘zingizga ishonchni orttiradi.

Go‘zal va qimmatbaho libos xarid qilish shart emas, kiyimning qulay va yarashiqliligiga e’tibor berish lozim. Bu, xususan, uyda ishlovchilarga tegishli, boisi yil sayin uyda o‘tirib ishlaydiganlar safi oshib bormoqda.

Uyda nima kiysa bo‘ladi?

Uyda sport libosini kiyib yurishingiz mumkin. Ammo, asosiysi, u shalviragan triko, tizzasi va choti osilgan ishton, yoqasi kindikkacha tushadigan futbolka yo mayka bo‘lmasin. Ko‘p yigitlar paxta va yumshoq matodan tayyorlangan kiyimlarni tanlashadi. Qishda esa issiq sintetik matodan tayyorlanganini kiyish mumkin.

Uyda tukli matodan xalat kiyganlar erkaklar orasida uchraydi. Bu yaxshi, ammo butun umr shuni kiymaysiz-ku, shuning uchun kiyim javoningizda futbolka va ko‘ylak saqlang. Salqin kunlarda xalat o‘rniga milliy chopon kiysangiz bo‘ladi. Tunga yumshoq pijama ma’qul.

Ayrimlar savol berishadi: jinsi matodan tikilgan libosni uyga kiysak bo‘ladimi? Javobimiz: bo‘ladi, ammo ayrim jihatlariga diqqat qarating. Jinsi kiyimlar, ko‘pincha, tor tikiladi. Xonada isib ketishingiz mumkin. Jinsini uyda kiyishning afzalligi shundaki, maxsus parvarish shart emas, kirtog‘orada ham yuvib quritib kiyaverasiz. Dazmollashning hojati yo‘q.

for-male.ru sayti asosida tayyorlandi