Bilasizmi?

Erkaklar salomatligi uchun foydali mahsulotlar

Pomidor

Tarkibida likopin moddasi borligi sabab u erkaklarda oshqozon va prostata bezida saraton yuzaga kelishining oldini oladi. Yurak xastaliklarida foydali. Shuning uchun juftingizga tomat sharbatidan ichirib turing.

Go‘sht

Erkaklar go‘shtli taomlarni xush ko‘rishadi. Bu mahsulot tarkibidagi oqsillar, temir moddasi va mikroelementlarga boyligi sabab, mushaklarni mustahkamlaydi. Faqat bir sharti, ayollar yog‘siz go‘shtlardan taomlar tayyorlashga odatlanishlari kerak.

Baliq go‘shti

Ayniqsa, yog‘lisi! Tarkibida Omega-3 kistolasi faoliyati juda zarur! Immunitetni ko‘tarib, qon aylanishiniyaxshilaydi. Erkaklarda saraton xastaligi kuzatilishi darajasini pasaytiradi.

Ko‘katlar

Ayniqsa, erkak 40 yoshdan oshgandan so‘ng ko‘katlar taomlarga doimiy hamrox bo‘lishi kerak. Selderey ko‘kati erkak organizmini yoshartirib, qon bosimini me’yorda ushlaydi, immunitetini oshiradi.

Brokkoli

Asab tizimi va yurak faoliyati uchun foydali. Prostata bezi saratoni, oshqozon xastaliklarining oldini oladi.

Suli yormasi

Marganets, V1 vitamini, kletchatka, fosfor, magniy va oqsilga boy mahsulot erkaklarga tetiklik baxsh etibgina qolmay, qondagi yog‘lilik darajasini pasaytirib, immunitetni oshiradi. Nonushtaga oila a’zolaringiz uchun suli yormasidan bo‘tqa tayyorlashni unutmang.

Zanjabil

Erkaklar organizmi uchun juda muhim mahsulot. Energiya baxsh etadi, quvvatni oshiradi. Kuchli jins vakillari jismoniy va ruhiy charchoq his qilishganida zanjabilli choy ichish tavsiya etiladi.

Sut mahsulotlari

Masalan, tvorog va pishloq muntazam tanovul qilishning foydasijismoniy mashqlar bajarish bilan teng ekan.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi