Ayollar va erkaklar o‘rtasida genetik jihatdan to hujayra darajasigacha chuqur tafovutlar mavjud. Rossiyaning Eksperimental tibbiyot instituti va S.M.Kirov nomli Harbiy-tibbiy akademiya olimlari bu borada izlanish olib borishdi. Journal of Neuroscience Research shu haqida ma’lumot berdi.
Mutaxassislar galanin oqsilini kodlovchi gendagi mutatsiyalarning qanday qilib erkaklardagi parishonxotirlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini o‘rganib chiqishdi. Olimlar bundan avval olingan natijalarga tayanishdi - unga ko‘ra, parishonxotirlikdan vafot etgan kishilarning miya namunalarida mazkur oqsilning yuqori konsentratsiyasi mavjud bo‘lgan. Tadqiqot davomida ular sog‘lom va xasta kishilar o‘rtasida genlarning nisbatan faol va nofaol variantlarini qiyoslashgan.
Tadqiqotlarda parishonxotirlik tashxisi qo‘yilgan 111 nafar bemor (shu jumladan 69 ayol) ishtirok etdi. Nazorat guruhida autoimmun kasallikka chalinmagan 115 kishi (50 nafar ayol) bo‘lgan. Mazkur guruhlardagi kishilarning o‘rtacha yoshi statik jihatdan farq qilmagan.
Dastlab olimlar sog‘lom va xasta ishtirokchilar orasida hech qanday farqni ko‘rishmagan. Biroq parishonxotirlikka yo‘liqmagan erkaklarda genning nisbatan nofaol varianti chastotasi sog‘lom ayollarga qaraganda ikki barobar past bo‘lgan. Bu jihat erkaklarning ayollarga nisbatan parishonxotirlikka ko‘proq moyil ekanligini ko‘rsatgan, biroq shu bilan birga kasallik rivojini sekinlashtirgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, insonning jinsi uning asab tizimidagi tafovutlarni belgilab berishi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari parishonxotirlikni davolashda har bir insonga alohida yondashish strategiyasini rivojlantirishga yordam beradi.
Manba: Kun.uz