Bilasizmi?

Erkak uchun eng zarur 100 xislatdan 10 tasi

  1. Galstuk o‘rash

Hatto millioner yoki mansabdor shaxslar qatorida bo‘lmasangiz ham, galstuk o‘rash va uni taqishdan xabardor bo‘lishingiz ayni muddao. To‘y-hasham, ishga kirish uchun suhbat, farzandingiz maktab yoki universitetga chiqqanida, bir kun albatta bu uquvingiz kerak bo‘lib qoladi. Qachongacha akangiz, onangiz yoki opangizdan iltimos qilib yurmoqchisiz?

  1. Gulxan yoqish

Garchi, odamzod isitish tizimlarining zamonaviy usullarini kashf qilgan bo‘lsa ham, hanuz o‘zini olov atrofida isinishdan to‘xtata olgani yo‘q. Ochiq osmondagi yulduzlar ostida, salqin tun bag‘rida va gurillab yonayotgan gulxan atrofida samarali dam olish, kezi kelganda unda biror taom tayyorlashning gashti huzurbaxshdir. Gulxan yoqib bo‘lgach, uning ustini tuproq bilan yopishni ham unutmang.

  1. Oyoq kiyimini yaltillatib yurish

Oyoqda yarashib turgan tufli kelishgan qad-qomatning ko‘rkini ochadi. Erkak g‘oz yurib borar ekan, har zamonda top-toza oyoq kiyimiga ko‘zi tushsa, o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshadi. Siz ham yoningizda mo‘’jaz tufli moylagich qutichani olib yurishga odatlaning. Dushmanning avval sizning oyog‘ingizga  qarashini unutmang.

  1. Kitob o‘qish

Kitobni oching. So‘z va jumlalarni o‘qishga kirishing. So‘ng o‘zingizni to‘xtatishingiz qiyin bo‘ladi. Savodli bo‘la turib, kitob o‘qimaganning savodsizdan nima farqi bor? Mutolaa erkak uchun zarur fazilat – keng dunyoqarashni shakllantiradi. Farzandlaringiz ma’rifatli insonlar bo‘lishini istasangiz, uyingizda kutubxona tutishni odat qiling. Kitobsiz uyning jonsiz tanadan nima farqi bor?

  1. Mashinani yondash joylashtirish

Avtomobillar tobora ko‘payib, tirbandlik oshayotgan bu zamonda mashinani boshqa bir mashinaga yondash va qulay qilib joylashtirish erkakning chinakam san’atidir. Bu bilan nafaqat mashinangizni asragan bo‘lasiz, shu bilan birga, boshqalarning so‘kishini eshitishdan ham o‘zingizni himoya qilasiz.

  1. Kommunal nosozliklarni tuzatish

Buni turmush deb qo‘ibdi: kutilmaganda, yarim tunda krandan suv oqib, toshib ketishi ham hech gap emas. Buni tuzatish qo‘lingizdan keladi. Faqat uyda zarur asbob va buyumlarni doimo tayyor qilib qo‘yishni odat qiling.

  1. Latifa aytish

Shunday paytlar bo‘ladiki, oddiy so‘zlar zabt etmagan e’tiborni hazil-mutoyiba bilan qo‘lga kiritish mumkin. Ayniqsa, erkaklar davrasida latifa aytish qobiliyati qo‘l keladi va sizga bo‘lgan hurmatni shakllantiradi.

  1. Tosh ko‘tarish

Tosh ko‘tarish texnikasini bilish mahorati buyumlarni yerdan siljitish zarur bo‘lib qolganida ayni muddao. Shu bilan birga, bu sport turi bo‘rtma muskullar va chiroyli qomatning shakllanishiga ham yordam beradi.

  1. Yoddan she’r o‘qish

Kezi kelganida 4 misra chiroyli she’r bilan soniyalar ichida katta hurmatga erishish mumkin. She’r o‘qib turganingizda tinglovchi sizning oqko‘ngil inson ekaningizni his qiladi. So‘z qudrati muhim sifatingizga aylanadi.

  1. Ko‘mirda kabob pishirish

Insonlar million yillar davomida olov, ming yillardan buyon ko‘mirda kabob pishirib kelmoqdalar. Ko‘mir pazandadan unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni va mahoratni talab qiladi. Mazali ta’mga ega bo‘lgan, ko‘mirda pishgan taomni tanovul qilgan kishining ovqatning "muallifi"ga bo‘lgan hurmati yanada oshadi.