Hozirda jahon bo‘yicha eng muammoli dard bu bepushtlik dardidir. Bu dard ortidan kelib chiqadigan kasalliklarga esa asab va ruhiy kasalliklarni misol keltirishimiz mumkin.Aslida, erkak bepushtligiga sabab bo‘luvchi omillar juda ko‘p. Eng ko‘p uchraydiganlarini sanaydigan bo‘lsak,
- tug‘ma yetishmovchiliklar (kriptorxizm yoki monorxizm – moyakning o‘z o‘rniga tushmaganlik holati, moyakning bittasi yoki ikkalasi ham yorg‘oqda bo‘lmay, qorin bo‘shlig‘ida qolishi; anorxizm – ba’zan ikkala, ko‘p hollarda bitta moyakning tug‘ma bo‘lmasligi; gipospadiya – siyik chiqarish yo‘lining qisman yoki butunlay bo‘lmasligi; epispadiya – erkaklar tashqi siydik yo‘lidan bir qismining tug‘ma kamchiligi, masalan, shu teshikning jinsiy olatning ustki yoki pastki qismida bo‘lishi),
- uzoq davom etgan chov, chov-yorg‘oq churralari (grijalari),
- moyakning o‘tkir kasalliklari – orxit (sil, zaxm, so‘zak va boshqa kasalliklarda moyakning yallig‘lanishi) va orxoepididimit (yerkak jinsiy bezi va ortig‘ining yallig‘lanishi),
- moyaklarning buralishi va shikastlanishi,
- prostatit va venerik (jinsiy yo‘l bilan yuquvchi tanosil kasalliklari) kasalliklar,
- varikotsele – urug‘ tizimchasining varikoz kengayishi (yerkaklar bepushtligining 15 foizini tashkil qiladi)
- jinsiy buzilish,
- immunitetning o‘ta pastligi, jinsiy zaiflik,
- gormonal buzilish, masalan, erkaklik gormoni – testosteron tanqisligi,
- tashqi ta’sirlar – ruhan siqilish, alkogol, tamaki, narkotik moddalar va ba’zi dori vositalari; ekologiyaning yomonligi (radiatsiya, vitamin C va rux tanqisligi), jinsiy a’zolarga nisbatan e’tiborsiz bo‘lish (haddan tashqari tor kiyim, og‘ir jismoniy mehnat va boshqalar),
- shahvat (sperma) tarkibining yomonlashishi.
Biz sanab o‘tganimiz, umumiy holdagi tibbiy jihatlar hisoblanadi. O‘zingiz bilganingizdek, har bir inson alohida xususiyatga ega va bu holatlar ham barcha odamlar uchun farq qilinishi mumkin!
Manba: Avitsenna.Uz