Endryu Karnegi 1835 yil 25 noyabrda Shotlandiyaning Dan-Fermlin qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi — Uilyam Karnegi ochgan Aik tikuvchilik ustaxonasi oila xonadonida tashkil etilgan ishxona ham edi.
Oila XIX asrning 40-yillarigacha to‘kin yashadi. Biroq, to‘quvchilik sanoati rivoj topib, hunarmand otaning ishlari yaxshi ketmadi va 1848 yilda Uilyam Karnegi mutlaqo buyurtmasiz qoldi. Tashabbusni o‘z qo‘liga olgan oila bekasi poyafzallarga buyurtma izlay boshladi. O‘sha yilning 17 mayida Karnegilar AQShga ko‘chib o‘tib, Slebta un (Pensilvaniya)dagi kichik uydan qo‘nim topishdi.
Endryu 13 yoshida gazmol fabrikasiga ishga joylashdi. Shu yerda malaka oshirib, oddiy yordamchi ishchiligidan haftasiga ikki dollar oladigan idora xizmatchisiga qadar o‘sdi. U o‘shandayoq kichikroq guruhga kirim-chiqim, order hisobi bo‘yicha saboq beruvchi hisobchiga qatnay boshladi. Aynan mazkur mashg‘ulotlarda Endryuning matematikaga nisbatan qobiliyati ochila bordi. Bir tasodifiy uchrashuv esa "0" Reyli telegraf kompaniyasi"ga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Uch oy ichida uchta ishni almashtirgan Endryu Karnegi o‘z iqtidori va halolligi tufayli daromadini 2 dan 13 dollargacha oshirishga erishdi. Ko‘p o‘tmay ularning oilasi yaxshigina uy sotib oldi.
Telegraf kompaniyasidagi faoliyat Endryuning shahardagi savdo-sotiq ishlariga aloqador muassasalar haqida axborot olishiga yordam berdi. U telegrafni mustaqil ravishda o‘rganib, boshqa hamkasblaridan yaqqol ajralib turadigan bo‘ldi. 1851 yilda Endryuning ish haqi oyiga 25 dollarni tashkil etadi.
"Pensilvaniya" temir yo‘l kompaniyasining g‘arbiy filiali boshlig‘i o‘rinbosari Tomas Skott bilan uchrashuv esa uning hayotini butkul o‘zgartirib yubordi. Skott xuddi Endryuga o‘xshash ishchan xodimni izlayotgan edi.
O‘z xodimlarini qadrlay biladigan Tomas Skott uni katta biznes davrasiga ham olib kirdi. 1856 yilda Skott Endryuga hamkorlikdagi sarmoya asosida ishlashni taklif qildi.
1856 yilning kuzida Skottni yuqori lavozimga ko‘tarishdi. U o‘z yordamchisini eski joyida qoldirmay, o‘zi bilan ergashtirib oldi va maoshini oyiga 50 dollar qilib quydi. Karnegi shu tariqa Reppuata Kaioas! qarorgohi joylashgan Altunga ko‘chib o‘tdi. U yerda uxlab ketiladigan vagonlar ixtirochisi Vudrof bilan tanishdi va Tomas Skotni Reppzuasha uchun ana shunday vagonchalar kerakligiga ishontirdi. Shu tarzda Endryu kelgusida anchayin sezilarli daromad keltirgan Vudrof idorasining 1/8 foiz aksiyasini oldi.
1859 yili Skott "Pensilvaniya" vitse-prezidentiga aylandi, dekabr oyida esa u Karnegiga ish haqi 1500 dollar bo‘lgan g‘arbiy bo‘lim boshqaruvchiligini olib berdi. Karnegini bu miqdor hayajonga solgani yo‘q, sababi, bu vaqtga kelib u uxlab ketiladigan vagonlarga tikkan sarmoyasidan mumay daromad ola boshlagan edi. 1863 yilda Karnegining umumiy daromadi 42 ming dollarni tashkil qilardi.
Daromadning o‘sishi Karnegiga do‘stlari bilan AQShning neft hududida ferma tashkil qilishiga yordam berdi. Buninguchun 40 ming dollar to‘lagan Endryu Karnegining o‘n yildan keyingi daromadi yiliga 1 million dollarga aylandi. Fermaning umumiy qiymati esa 5 million dollar edi.
Ko‘p o‘tmay Karnegi eng badavlat insonlardan biri sifatida tilga olinadigan bo‘ldi.
Endryu Karnegi bor diqqat e’tiborini po‘lat ishlab chiqarishga qaratdi. U temir ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarni sotib olib, ularni po‘lat quyish zavodlariga aylantirdi. Oradan 6 yil o‘tib, Karnegi 1 million dollar evaziga Shogkz ni sotib olish darajasiga yetdi va mamlakatdagi temir va po‘lat ishlab chiqarishning 25 foizlik ulushini qo‘lga kiritdi.
1901 yilda Karnegi o‘z hayotidagi eng yirik bitimga qo‘l urdi: u paylarini 480 million dollarga sotdi (Karnegiga shaxsan tegishlisi 300 million dollar). Dastlab Rokfeller unga 100 million dollar va 1,5 million dollarliklik avans taklif qildi. Karnegi u bilan bitim tuzishni rad etdi va shimolda o‘zining temir yo‘li qurilishini boshlashini e’lon qildi (bu esa g‘irt yolg‘on edi). Ushbu qurilish boshqa magnat Jon Morganga ma’kul kelmadi va u ham Karnegiga zavodlarini sotishni taklif qildi. Bu safar narx 300 million dollarga ko‘tarildi va ikkovlon kelishdilar.
"O‘ylay olmaydigan odam — telba, o‘ylashni istamagan kishi — ko‘r, intilmagan odam esa — quldir". Katta boylik sohibi, "po‘lat qiroli", millioner Endryu Karnegi ana shunday xulosaga kelgan edi. "Mening hayotim tarixi" kitobida u qanday qilib 400 million (hozirgi hisobda 130 milliard) dollar pul ishlab topgani haqida ochiqchasiga so‘z yuritgan.
Shotlyandiyalik bu sobiq muhojir bozor qoidalariga moslashib, yangi texnologiyalarga pul tikkan edi. Endryu Karnegi, hatto o‘ziga-o‘zi maslahatlar bergan. Shunday o‘gitlardan biri — 35 yoshda ishdan uzoqlashishdir, bunga o‘zi amal qilmagan, albatta. Ha, janob Karnegining so‘zlari ko‘pincha o‘z xatti-harakatlariga zid ham bo‘lgan.
Endryu Karnegining muvaffaqiyatlari siri nimada? U po‘lat ishlab chiqarishga oid juda kam ma’lumotga ega bo‘lsa ham, uni "po‘lat qiroli" deb atashardi. Karnegining qo‘l ostida po‘lat ishlab chiqarishni undan juda yaxili biladigan yuzlarcha odam ishlar, ter to‘kishar edi.
U odamlar bilan muomalani nihoyatda do‘ndirib qo‘yardi, aynan ana shu fazilati Karnegini dunyoning eng badavlat kishilaridan biriga aylantirdi. Endryu Karnegining tashkilotchilik mahorati rahbarlik qobiliyatini ancha erta namoyon etdi. U o‘n yoshida odamlar o‘z ismlarini juda yaxshi ko‘rishlarini tushunib yetdi va bu ixtirosi yordamida odamlarni o‘zi tomoni- ga og‘dirib ola boshladi. Masalan, u bolaligidayoq ish- lab, ikkita quyoncha sotib oldi va tez orada ular ko‘payib ketdi. Ammo quyonlarni boqish uchun yetarli ozuqa yo‘q edi. Ana shunda uning xayoliga ajoyib bir fikr keldi. Qo‘shnilarining bolalariga, agar ular quyonchalarga yetarli darajada beda va qoqi o‘tlardan olib kelishsa, bu jonivorlarga ularning ismlarini qo‘yajagini aytdi.
Endryuning rejasi xuddi sehrgarlik kabi ish berdi, buni Karnegi umrbod xotirasida saqlab qoldi.
U ishbilarmonlik sohasida ko‘p yillar davomida ana shu ruhiy usuldan foydalanib, millionlarni jamg‘ardi. Shu tarzda Pensilvaniya temir yo‘liga po‘lat reyslar sotishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘sha paytda yo‘llar prezidenti J.Edgar Tomson edi. Endryu Karnegi Pittsburgda po‘lat quyadigan zavod qurdi va uni "Edgar Tomson nomli po‘lat qo‘yadigan zavod" deb nomladi.
Yotib ketiladigan vagonlar ishlab chiqarish bo‘yicha birinchilik uchun janjal ketayotgan paytda "Po‘lat qiroli" quyonchalar tarixiga doir voqealardan olingan saboqni yana bir bor xotirladi.
Endryu Karnegi tomonidan nazorat qilinadigan "Sentral transporteyshn kompani" bilan Pulmanga tegishli kompaniya o‘rtasida juda katta tortishuv ketar edi. Ikkala kompaniya ham "Yunion Pasifik" temir yo‘liga yotib ketiladigan vagonlar yetkazib berishga buyurtma olishga urinar, shu maqsadda bir-birini siqib chiqarishga harakat qilar, hech qanday foyda ko‘rishning imkoniyati bo‘lmay qolgan darajagacha narxni tushirgan edilar.
Aynan 1901 yil Karnegi o‘ziga daromad keltirgan biznesda faol ishtirok etgan oxirgi yil bo‘ldi. Shundan umrining so‘nggi lahzasigacha u o‘zini xayriyaga baxshida etdi. Karnegi, inson o‘z umrining birinchi qismini boylik yaratishga, ikkinchi qismini uni ulashishga bag‘ishlashi lozim, deb hisoblardi. XX asr boshlarida u tinchlik uchun kurashchiga aylandi. 1907 yili Karnegi Tinchlik jamiyatini tashkil ztdi, 1,5 million dollar mablag‘ evaziga Gaagada "Tinchlik saroyi"ni barpo etdi (bugun u yerda xalqaro sud faoliyat ko‘rsatmoqda). Shuningdek, urushning oldini olish maqsadida ulkan pullarni sarfladi (shunga qaramay, afsuski, 1914 yilda baribir urush boshlandi). Karnegi tinchlik davrida vafot etganlar uchun qahramonlar fondini ham tashkil etdi. Karnegining xayriya borasidagi boshqa yirik faoliyati kutubxonalar bilan bog‘liq. U o‘smirligida ko‘p vaqtini Jeyms Andersonning Pittsburgdagi "Ishchi yoshlar uchun bepul kutubxonasi"da o‘tkazardi. Sababi, ma’lumotidagi yetishmovchiliklar hayotda olg‘a siljishiga monelik qilardi.
Karnegi 26 million dollar sarflab, o‘z nomi bilan ataluvchi 2811 ta kugubxonaga asos soldi. Bugun AQShning 40 foiz aholisi ushbu kutubxonalardan foydalanmoqda.
Karnegi tomonidan talaba va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy va o‘quv markazlari tashkil etildi: Pitts-burgdagi Karnegi instituti va Karnegi texnologiya instituti 26 million, Vashingtondagi Karnegi instituti esa 22 million dollar oldi. Karnegi xayriyasi shu qadar keng qamrovli ediki, uning sohibining o‘limi arafasida ulkan boylik deyarli o‘n baravarga qisqardi. Endryu Karnegi 1919 yilning 11 avgustida o‘z yurtida — Shotlandiyada hayotdan ko‘z yumdi. Keyingi ikki sahifada Endryu Karnegining o‘ziga xos falsafasidan ayrim namunalarni o‘qiysiz...
“Xarobadan chiqqan mashhurlar” kitobidan