Bilasizmi?

Elektr, suv va gaz hisobotlarini internet orqali yuborish taklif etildi

Jamoaviy murojaatlar portalida innovatsiya va axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida “Tadbirkorlik sub’yektlarining elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz sarfi uchun hisobotlarini elektron tartibda berish xizmatini ishga tushirish haqida” taklif joylashtirildi.

Murojaatda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz uchun topshiriladigan oylik hisobotni internet orqali, elektron raqamli imzo yordamida, interaktiv xizmatdan foydalangan holda yuborish, shuningdek, schyot faktura hamda solishtirma dalolatnomalarni interaktiv xizmat orqali olishni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.

Muallif fikriga ko‘ra, ushbu amaliyot yo‘lga qo‘yilishi tadbirkorlik sub’yektlarining anchagina vaqtini tejaydi hamda ortiqcha xarajatlarga chek qo‘yadi.

Taklif hukumatga kiritilishi uchun ushbu murojaat 5000 ta ovoz to‘plashi kerak.